Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va xodimlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilishiga yo‘l quymaslik hamda ularning oldini olishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I.Ergashev raisligida o‘tgan yig‘ilishda, direktor o‘rinbosarlari, Markaziy apparat mas’ul xodimlari, shuningdek, “ZOOM” platformasi orqali Agentlikning barcha tizim tashkilotlari va hududiy  boshqarmalari rahbar va hodimlari hamda prokuratura organlari vakillari ishtirok etishdi.

  Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan mamlakatimizning keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan Agentlikda ushbu yo‘nalishda belgilangan chora-tadbirlar, bu borada erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar haqida to‘xtalib o‘tildi.

  Shuningdek, tizimdagi ayrim mas’ul xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarsh kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning mazmun mohiyatini to‘liq anglab yetmaganligi, shu yo‘nalishdagi qonunchilik talablariga etarlicha e’tibor bermasliklari, ularning korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘yishlariga sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

  Yig‘ilish qarori bilan barcha tizim tashkilotlari raxbarlariga o‘zlari va qo‘l ostidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, ularga ayon bo‘lgan shunday holatlar to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda xabar qilishlari hamda o‘z vazifalarini lozim darajada, amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilgan holda bajarishlarini taʼminlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishlari boyicha topshiriqlar berildi.