Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi yillik

Umumiy ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 2022 yil davomida korrupsiya faktlariga doir jami 11 ta murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarning 5 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi, 2 tasi Tadbirkorlar virtual ofisi axborot portali, 1 tasi Vazirlar Mahkamasi, 1 tasi O‘zbekiston pochtasi, 2 tasi ishonch telefoni orqali kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning hududiyligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Navoiy viloyati – 2 ta;
Toshkent shahri – 3 ta;
Andijon viloyati – 1 ta;
Buxoro viloyati – 1 ta;
Qashqadaryo viloyati – 1 ta;
Toshkent viloyati – 1 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 ta;
Farg‘ona viloyati – 1 ta.
Ko‘rib chiqish natijalari
Yuqorida qayd etilgan murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, 9 tasida keltirilgan faktlar
o‘z tasdig‘ini topmadi, shu bilan birga 2 ta murojaatda keltirilgan faktlar
o‘z tasdig‘ini topib, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim qilindi.
III. Minimallashtirish choralari
Murojaatlar bilan ishlash jarayonida, ularda keltirilgan faktlar bo‘yicha Agentlik tizimi tashkilotlari tegishli rahbar va xodimlari bilan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari barcha xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha shartlar kiritildi va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirildi.
Shuningdek, O‘simliklar karantini va himoyasi davlat inspektorlarining ish faoliyatini qadamba-qadam tashkil qilish yuzasidan maxsus Yo‘riqnoma ishlab chiqildi.
- Aloqador yangiliklar
- O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida 2022-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida umumiy hisobot
- Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida maxsus o'quv-seminari o‘tkazildi
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish
- Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa
- KORRUPSIYA MILLAT VA JAMIYAT KUSHANDASI
- Barchasini ko'rish