Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzDon va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
Laboratoriya tuzilmasi:
Laboratoriya mudiri: b.f.n., dotsent, Qalandar Bababekov;
Yetakchi ilmiy xodim: q.x.f.f.d.,kat.il.xod. Jalil Raxmonov;
q.x.f.f.d.,dotsent Nodira Xayitbaeva;
Katta ilmiy xodim: Marat Abdillaev;
Dildora Saypieva;
Kichik ilmiy xodim: Maxbuba Sagdatova;
Katta laborant: Xumoyun Mustafoev.
LABORATORIYANING TARIXI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida» 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021-yil 8-oktyabrdagi 628-son qaroriga muvofiq O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyaning o‘z nizomi, xodimlarning lavozim malaka yo‘riqnomasi hamda institut direktori tomonidan har yil uchun tasdiqlab beriladigan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlar dasturi mavjud.
LABORATORIYaNING ASOSIY FAOLIYATI:
“Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi hozirgi kunda Respublikamizda bug‘doy va don dukkakli ekinlardan no‘xat, mosh, loviyada tarqalgan zararli organizmlarning tarqalishini, rivojlanishini, hosilga keltiradigan zarar yetkazish darajasini va qarshi kurash choralarini o‘rganish maqsadida dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda agroklasterlarning ekin maydonlarida hamda shaxsiy tomorqalarda dala kuzatuv ishlarini olib borib, tavsiya va tavsiyanomalar, seminarlar o‘tkazilishi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish uchun tadqiqotlar olib boradi.
Iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan zararli organizmlarning bioekologik xususiyatlari, ob-havo va boshqa tabiiy omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanib, soha xodimlarini malakasini oshirish uchun joylarda o‘quv-seminarlari va telvideniyada o‘z fikrlarini keng ommaga yetkazadi.
LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:
“Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” labaratoriyasining asosiy vazifalari quyidagilar;
Don va don dukkakli ekinlarni kasalliklari va zararkunandalarini bioekologiyasini o‘rganish, ularga qarshi ilmiy asoslangan samarali uyg‘unlashgan kurash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini va izlanishlarni olib borish;
Don va don dukkakli ekinlar zararli organizmlariga qarshi kurash tizimini takomillashtirish bo‘yicha uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarni belgilash;
Don va don dukkakli ekinlarni kirib qolish xavfi bo‘lgan tashqi karantindagi zararli organizmlarining, kirib kelishini oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Don va don dukkakli ekinlarda zararkunanda va kasalliklarini, ulardan olinadigan mahsulotlarga ta’sirini ilmiy tomondan o‘rganish, hamda zararsizlantirishning samarali usullarini ishlab chiqish.
Don va don dukkakli ekinlarni zararli organizmlarini patogen hamda antogonist mikroorganizmlar asosida mikrobiologik himoya vositalarini ishlab chiqishda, ularni qo‘llash reglamentlarini o‘rganish.
Don va don dukkakli ekinlarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof–muhitga, inson salomatligiga va foydali entomofaglarga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni ishlab chiqish;
soha bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajriba va ilm-fan yutuqlarini ishlab-chiqarishga joriy etish;
labaratoriya xodimlari tomonidan o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi rahbar va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, qishloq xo‘jaligi xodimlari, tadbirkorlik sub’ektlari, agroklaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari xodimlari, tomorqa yer egalarining don va don dukkakli ekinlarni zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha malakasini oshirishda va ularni qayta tayyorlashda ishtirok etadi.
LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:
a) don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlardan uyg‘unlashgan himoyasi sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini va izlanishlarni olib borish;
b) sohani rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarni belgilash;
v) xavfli zararli organizmlarning kirib kelishini oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar chora tadbirlarni ishlab chiqish;
g) don va don dukkakli ekinlarning xavfli zararli organizmlarini aniqlash va ularning diagnostikasining ekspress-usullarini hamda ularga qarshi kurashishning uslublarini yaratish;
d) bug‘doy, no‘xat, mosh, loviya ekinlarida zararli organizmlarini patogen mikroorganizmlar asosida mikrobiologik preparatlar yaratish, ularni qo‘llash reglamentlarini ishlab chiqish;
y) zararli organizmlarning don va don dukkakli ekinlaridan olinadigan mahsulotlariga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularni zararsizlantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va samarali entomofaglarni qo‘llash texnologiyalarini yaratish;
j) bug‘doy, no‘xat, mosh, loviya ekinlarining zararkunanda, kasalliklarini ko‘payishini oldindan aniqlash, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, zarar keltirish darajasiga asoslangan holda ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
z) ekologik toza mahsulot yetishtirish va organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda, o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof – muhitga, inson salomatligiga va foydali entomofaglarga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni ishlab chiqish, ularni uyg‘unlashgan holda qo‘llash agrotexnologiyalarini ishlab chiqish;
k) yangi urug‘dorilagich preparatlar, fungitsid va insektitsidlarni sinovlarini amalga oshirish, qo‘llash reglamentlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tavsiyalar berish;
l) davlat ilmiy texnik dasturlari asosida fundamental, amaliy, innovatsion loyixalarni amalga oshirish va soxada ilmiy tadqiqot ishlari va izlanishlarni olib borish uchun labaratoriyaning moddiy texnika bazasini yaratish, zarur zamonaviy laboratoriya jixozlari va asbob uskunalar bilan butlash choralarini ko‘rish;
m) qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlarini patogen mikroorganizmlar asosida mikrobiologik preparatlar yaratish, ularni qo‘llash reglamentlarini ishlab chiqish sohasida: entomopatogen mikroorganizmlarni ajratib oladi hamda ular asosida faqat shu turdagi zararkunandaga qarshi kurashda samarali bo‘lgan biologik preparatlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Shuningdek, o‘simliklar kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashish uchun anitogonist mikroorganizmlar asosida kasalliklarga qarshi biologik kurash vositalarini izlab topadi va ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
n) bug‘doy, no‘xat, mosh, loviya ekinlarining zararkunanda, kasalliklariga qarshi kurash usullari bo‘yicha qo‘llanma va tavsiyalar ishlab chiqish va fermer, dehqon va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga tijoratlashtirish, ularning xavflilik darajasi va ularga qarshi o‘tkaziladigan qarshi kurash tadbirlari bo‘yicha tezkor tavsiyalar beradi;
LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023)
Laboratoriya xodimlari tomonidan o‘simliklarni xavfli zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 4 ta: “Bug‘doyni zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini boshqarish”, “Arpani zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini boshqarish”, “Sholini zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini boshqarish”, “Qulipnayni zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini boshqarish” (IPM) ilmiy-amaliy qo‘llanmalar tayyorlandi.
G‘alla va dukkakli don ekinlarining zararli organizmlari bo‘yicha 2 ta tavsiyanoma “G‘alla kasalliklariga qarshi urug‘lik donni dorilash usullari”, “Don va don dukkakli ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha” kabi tavsiyanomalar tayyorlandi.
Shu jumladan sohaga oid 2 ta tavsiyanoma, 50 ta maqola (10 ta Scopus va 12 ta Web of Science xalqaro bazalarda) chop etildi. 5 nafar (PhD) tayanch doktorantlarga ilmiy mavzular tasdiqlandi va laboratoriya mudiri rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Zararli organizmlarga qarshi yangi biologik va kimyoviy vositalarining 15 ta sinov-tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. Qishloq xo‘jaligining zararli organizmlarini 4 turdagi organizmlarining 30 dan ortiq kolleksiyalari tayyorlandi va institut kolleksiyasiga topshirildi. Har mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 80 dan ortiq ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlar tashkil etildi. 2 dona xalqaro sertifikatlar olindi.
- Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi
- Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Gʻoʻza, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish laboratoriyasi
- Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi
- Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi
- Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
- Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi
- Bogʻ, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Manzarali va oʻrmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi