Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzBogʻ, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
Laboratoriya mudiri, q/x.f.n. A.A.Raxmatov
Yetakchi ilmiy xodim, q/x.f.n. A.B.Ucharov
Katta ilmiy xodim U.B.Tashpulatov
Katta ilmiy xodim M.M. Akbarov
Kichik ilmiy xodim N.X. Turopov
Kichik ilmiy xodim D.Dusmatova
Laborant D.Usmonova
LABORATORIYANING TARIXI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida» 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga muvofiq O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyaning o‘z nizomi, xodimlarning lavozim malaka yo‘riqnomasi hamda institute direktori tomonidan har yil uchun tasdiqlab beriladigan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlar dasturi mavjud.
LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:
Laboratoriya xodimlari tomonidan bog‘, sitrus ekinlari va tokzorlarni uyg‘unlashgan himoya qilishda ekologik toza mahsulot olish imkonini beruvchi zamonaviy ilg‘or texnologiyalar bо‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Bog‘ va tokzorlar zararkunandalarining mahalliy entomofaglarini kо‘paytirish, entomofaglarning yangi turlarini joriy etish, foydali mikrobiologik organizmlarni aniqlash va ular asosida preparatlar yaratish bо‘yicha tadqiqotlar olib boriladi.
Bog‘dorchilik va uzumchilik fermerlarining katta ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ishlashi Glibal GAP, ISO standartlari bо‘yicha xalqaro sertifikatlashdan о‘tish imkonini beradi.
Organik dehqonchilikda bog‘ va tokzorlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Soha xodimlarining malakasini oshiradi va о‘quv-seminarlarida о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:
- Bog‘, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlarini biologiyasi, rivojlanishini о‘rganish, ilg‘or texnologiyalar asosida ularga uygunlashgan qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqish bо‘yicha faoliyat olib boradi.
- Bog‘, tok va sitrus ekinlarda tarqalgan zararli organizmlarning zarari, tarqalish areali va qarshi kurash choralari bо‘yicha ilmiy-tadqiqot va izlanishlar natijalarini targ‘ib etadi;
- Bog‘, tok va sitrus ekinlarda tarqalgan zararli organizmlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularni yо‘qotishda ilmiy asoslangan innovatsion usullarini ishlab chiqish va yangi turdagi entomofaglarni iqlimlashtirish.
- Bog‘, tok va sitrus ekinlarda tarqalgan zararli organizmlarning ko‘payishini oldindan aniqlash, bioekologik hususiyatlarini o‘rganish, zarar yetkazish mezoni asosida asoslangan holda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
- Laboratoriya yо‘nalishi bо‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va fan yutuqlarini ishlab-chiqarishga joriy etish;
- Respublikada “Organik qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirishda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof muhitga hamda inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni ishlab chiqish.
-
-
- Qoraqalog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi о‘simliklar karantini va himoyasi inspektorlarga, qishloq xо‘jaligi klaster tizimidagi entomolog agronomlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
-
-
- Laboratoriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirish.
- Ushbu nizom asosida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat olib boradi, о‘simliklar karantini va himoyasi bо‘yicha va ushbu nizomda belgilangan sohalarda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik olib boradi.
LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023)
“Bog‘, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi quyidagi chet mamlakatlar bilan hamkorlik olib bormoqda:
1. “Bionovatik” kompaniyasi (Qozon, Rossiya) – О‘zbekistonda foydalanish uchun issiqlikka chidamli mikrobiologik preparatlarni ishlab chiqish bо‘yicha memorandum imzoladi.
2. Snjiang qishloq xoʻjaligi akademiyasi (Urumchi, Xitoy) – entomofaglarni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha memorandum imzolandi.
3. Asiatic Agricultural Industries PTE LTD (Singanur) - Osiyo va Afrikada biologik himoya usullarini birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan:
2022 yil Sigapur davlatida О‘zbekistonda qishloq xо‘jaligi ekinlarida biologik himoyani rivojlantirish bо‘yicha konferensiyada ma’ruza qilindi.
2023 yil Turkiya davlatida Qishloq xо‘jaligi ekinlarida hosilni xalqaro standartlar asosida yetishtirish bо‘yicha xalqaro konferensiyada ma’ruza qilindi.
2023 yil Hindiston davlatining Haydarobod shahrida 19-yanvardan 30-yanvargacha Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ITEC) tomonidan tashkil etilgan о‘quv-kursida laboratoriya ilmiy xodimi qatnashib, malaka oshirib keldi.
2022-2023 yillarda laboratoriya xodimlari tomonidan Qoraqalog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi о‘simliklar karantini va himoyasi inspektorlarga, qishloq xо‘jaligi agroklasterlari tizimidagi ishchi xodimlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda faol ishtirok etildi.
Laboratoriyada 6 ta doktorant ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Shundan 3 tasining dissertatsiyalari tayyorlanib, himoyaga olib chiqildi.
“Bog‘, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan 3 ta tavsiyanoma, 4 ta IPM dasturi tayyorlandi, 2 ta maqola Scopus va 4 ta Web of Science xalqaro bazalarda va 22 ta maqola maxalliy jurnallarda chop etildi.
Bog‘ va tok ekinlarining kasallik va zararkunandalariga qarshi yangi kimyoviy vositalar sinov-tadqiqotlar о‘tkazish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga xizmat kо‘rsatildi. Bunda, 72 ta ( 42 ta fungitsid, 30 ta insektoakaritsidlar) kimyoviy preparatlar sinov-tadqiqot о‘tkazilib, amaliyotga tavsiya etilgan.
“Bog‘, tok va sitrus ekinlarining 15 turdagi zararli organizmlarining 200 dan ortiq kolleksiyalari yaratildi.
Xalqaro hamkorlik yо‘nalishi
Yevropa Ittifoqining Global GAP tashkiloti xalqaro ekspertlari ishtirokida Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini Yevropa standartlari bo‘yicha baholash tizimlarini o‘rgatuvchi trenerlar tayyorlash kursida laboratoriyaning 2 nafar soha mutaxassislari malakasi oshirilib, xalqaro sertifikatga ega murabbiylari tayyorlandi.
- Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi
- Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Gʻoʻza, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish laboratoriyasi
- Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi
- Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi
- Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
- Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi
- Bogʻ, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Manzarali va oʻrmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi