Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi

Laboratoriya tuzilmasi:

Laboratoriya mudiri:                q/x.f.d. prof. Sh.T.Xojayev;

Yetakchi ilmiy xodim:             q/x.f.n. A.Xakimov;

Katta ilmiy xodim:                  N.Xusenova;

Kichik ilmiy xodim:                S.Xakimova;

Laborant:                                M.Kaxrimanidu

 

LABORATORIYANING TARIXI:

 

Laboratoriya institut tarkibida eng  qadimiylaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U 1931- yili “O‘simliklarni himoya qilish stansiyasi” ni tashkil etish bilan tuzilgan. Birinchi bo‘lib uni kimyogar-toksikolog I.B.Xaxam boshqargan. Urushdan keyingi yillari uni A.M.Prugalav; 1952- yildan 1980- yilgacha esa – respublikada xizmat ko‘rsatgan agronom F.A.Stepanov boshqargan. Undan keyingi va hozirgi davrda laboratoriyani fandagi qadamlarni bosib o‘tgan, q/x.f. doktori, professor Shomil Tursunovich Xo‘jaev boshqarib kelmoqda. Laboratoriyada ko‘p yillar davomida quyidagi va boshqa olimlar faoliyat ko‘rsatgan: M.R.Stempnevskaya, A.F.Flyagina, A.Yuldashev, K.I.Kojaeva, M.Turabxodjaeva, Sh.Shomutalov, N.Kuchkarova, A.Ucharov va b.

2021-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish“ to‘g‘risida PQ-5185-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tizimidagi O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi negizida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari tashkil etildi.

Mazkur qarordan so‘ng. “Agrotoksikologiya” laboratoriyasi “Agrotoksikologiya va oziq-ovqat havfsizligi” bilan o‘zgartirildi.

 

LABORATORIYANING ASOSIY FAOLIYATI:

 

Laboratoriya hozirda Respublika hududida tarqalgan va qishloq xo‘jalik mahsulotlarida uchrovchi ichki karantindagi hamda iqtisodiy jihatdan yuqori xavf soluvchi zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralarini to‘g‘ri tashkillashtirish o‘rganish maqsadida ilmiy-tadqiqotlarni yuqori saviyada zamonaviy uslublar asosida o‘tkazib, ijobiy natijalarni ishlab chiqishga tavsiya qilinadi va chop etiladi.

 

.Respublikamiz dehqonchiligiga g‘o‘za va ayrim boshqa yo‘ldosh ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishda kimyoviy usul va uning vositalarini takomillashgan yo‘nalishda o‘rganib, yuqori xo‘jalik va iqtisodiy samaraga ega bo‘lganlarini innovatsiya shaklida amalga joriy etish nazarda tutiladi. Buning uchun istiqbolli usul va vositalar majmui shakllantiriladi; yangi pestitsidlar namunalari keng o‘rganiladi; zararkunandaga nisbatan yuqori samara, atrof-muhit uchun esa – kam zararli bo‘lganlarini amaliy joriy etiladi.

Soha xodimlarini malakasini oshirish o‘quv – seminarlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

  

LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI: 

 

  Laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. 

1. Laboratoriyaga Respublikamiz dehqonchiligiga g‘o‘za va ayrim boshqa yo‘ldosh ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishda kimyoviy usul va uning vositalarini takomillashgan yo‘nalishda o‘rganib, yuqori xo‘jalik va iqtisodiy samaraga ega bo‘lganlarini innovatsiya shaklida amalga joriy etish nazarda tutiladi. Buning uchun istiqbolli usul va vositalar majmui shakllantiriladi; yangi pestitsidlar namunalari keng o‘rganiladi; zararkunandaga nisbatan yuqori samara, atrof-muhit uchun esa – kam zararli bo‘lganlarini amaliy joriy etish.

2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga zarar etkazuvchi karantin hamda boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi xavfsiz kurash usullari, laboratoriya va dala  tahlillarini o‘tkazish.

 3. Zararli organizmlarning biologik hususiyatlarini, zararini o‘rganish, ularga qarshi oldini olish, uyg‘unlashgan qarshi kurash tadbirlari bo‘yicha ilmiy loyihalarni bajarish.

     4. Ilmiy-tadqiqotlarni yuqori saviyada zamonaviy uslublar asosida o‘tkazib, ijobiy natijalarni ishlab chiqishga tavsiya qilish va chop etish.

5. O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha jahonda va respublikamizda erishilgan fan yutuqlari, ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda ularni umumlashtirish;

  1. Zararkunandalarga qarshi kurashadigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
  2. Soha xodimlarining malakasini oshirish va o‘quv – seminarlarida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashish;
  3. Laboratoriya buyurma asosida respublika korxonalari va xorijiy firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan pestitsidlarni zararkunandalarga organizmlarga qarshi sinovdan o‘tkazib xulosalar beriladi;

9. Zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimi takomillashtiriladi.

 

 

 

 

 

 

LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:

 

Laboratoriyaning asosiy funksiyalari  qo‘yidagilardan iborat:

- Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi pestitsidlarni ilmiy asosda tashkil qilish. Bunda pestitsidlar tasnifi, xususiyatlari, qo‘llash tartibi, pestitsidlarning iqtisodiy samaradorligini oshirishni o‘rganish bilan birgalikda zararli organizmlarga qarshi amaliyotda mavjud usullarning qo‘llanilishi, hozirgi kunda etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini har xil zaharli pestitsidlarni, atrof-muhit, oziq-ovqat xavfsizligida zaharli qoldiqlarini aniqlash va insoniyatga bezarar meva-sabzavotlar etkazib berishda fitosanitar tozaligini ta’minlash;

- qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy zararkunandalariga qarshi kimyoviy usul ishlatish samaradorligini oshirgan holda, uning xavfsizligini yanada ta’minlash, xo‘jalik va iqtisodiy afzalliklariga erishish;

- adventiv hamda karantin ob’ekti bo‘lmish zararkunandalarni o‘rganish; ularning tarqalib ketishini oldini olish va ularga qarshi samarali himoya qilish usul va vositalar majmuini yaratish;

- tasdiqlangan nizom asosida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat olib boradi, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha va ushbu nizomda belgilangan sohalarda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik olib boradi;

- instituti faoliyatida Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqadi;

-  nizomda belgilangan faoliyat sohasida yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratadi;

- laboratoriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin;

- Agentlik xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida;

 

LABORATORIYADA 2021-2023 YILLARI OLINGAN NATIJALAR.

 

Laboratoriya xodimlari tomonidan o‘simliklarni xavfli zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 5 ta:

“G‘o‘zani   zararli  organizmlariga  qarshi uyg’unlashgan kurash tizimida boshqarish(IPM)”, 

“Qovunni   zararli  organizmlariga  qarshi uyg’unlashgan kurash tizimida boshqarish (IPM)”,

“Tarvuzni zararli organizmlardan himoya qilishda uyg‘unlashgan kurash tizimini (IPM) qo‘llash”,

 “Tut daraxtini zararli organizmlardan himoya qilishda uyg‘unlashgan kurash tizimini (IPM) qo‘llash” va 

“Qovoqni zararli organizmlardan himoya qilishda uyg‘unlashgan kurash tizimini (IPM) qo‘llash”, ilmiy-amaliy qo’llanmalar tayyorlandi.

 “G‘o‘zadan yuqori hosil olish agrotexnikasi hamda  zararkunandalar,  kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish usullari  bo‘yicha tavsiyanoma”

“G‘o‘zaning tashqi karantin zararkunandalari va kasalliklari bo‘yicha tavsiyanoma”,

“O‘simliklar himoyasini uyg‘unlashgan tizim asosida rejalashtirish  bo‘yicha tavsiyanoma”,

“O‘simlikxo‘r qandalalarning bioekologiyasi va ularga qarshi kurashga doir tavsiyalar”

“Bug‘doy zararkunandalariga qarshi samarali  kurash  bo‘yicha tavsiyanoma” kabi 5 ta tavsiyanomalar tayyorlandi.

Shu jumladan sohaga, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta tavsiyanoma, 25  ta maqola mahalliy jurnallarda  va 20 ta risolalar (flaer) chop etildi.

2 nafar (PhD) tayanch doktorantlarga ilmiy mavzular tasdiqlandi va laboratoriya mudiri rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Zararli organizmlarga qarshi yangi kimyoviy vositalar sinov-tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatildi. Bunda, 21 ta  kimyoviy preparatlar va 2 turdagi zararkunandalarning feromon tutqichlarini (ko‘sak qurti, pomidor kuyasi) sinov-tadqiqot o‘tkazilib, amaliyotga tavsiya etilgan.

Qishloq xo‘jaligining 7 turdagi zahira mahsulotlari zararli organizmlarining 5000 dan ortiq kolleksiyalari tayyorlandi va institut kolleksiyasiga topshirildi.

Har mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 100 dan ortiq ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Yevropa Ittifoqining “Ask Facility” dasturi texnik ko‘magida, Buyuk Britaniyaning CABI tashkiloti xalqaro ekspertlari ishtirokida o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish “IPM” tizimi bo‘yicha laboratoriyaning 1 nafar soha mutaxassislari ToT (Training of trainers) kursida malakasi oshirilib, xalqaro sertifikatga ega uyg‘unlashgan himoya qilish “IPM” tizimi murabbiyi tayyorlandi.