Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzXavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
Laboratoriya tuzilmasi:
Laboratoriya mudiri: q.x.f.d., prof. Nilufar Turdiyeva;
Yetakchi ilmiy xodim: b.f.n., Qobiljon Murtozoyev;
Yetakchi ilmiy xodim: q.x.f.f.d., Maftuna Qalandarova;
Katta ilmiy xodim: Habibulo Marupov;
Kichik ilmiy xodim: Abdulaziz Yo‘ldoshov;
Katta laborant: Perdegul Bekova.
LABORATORIYANING TARIXI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida» 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga muvofiq O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyaning o‘z nizomi, xodimlarning lavozim malaka yo‘riqnomasi hamda instituti direktori tomonidan har yil uchun tasdiqlab beriladigan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlar dasturi mavjud.
LABORATORIYANING ASOSIY FAOLIYATI:
Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi hozirda Respublika xududida tarqalgan ichki karantindagi va iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan begona o‘tlarning joylarda tarqalishini, rivojlanishini, zarar yetkazish darajasini o‘rganish va qarshi kurash maqsadida qishloq xo‘jiligi ekinlar maydonlari va o‘rmon fondi yerlari, aholi yashash maskanlari hamda shaxsiy tomorqalarda begona o‘tlarni tarqalishida dala kuzatuv-nazorat ishlarini o‘tkazilishi va ularga qarshi kurash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish uchun ilmiy izlanishlar olib boradi.
O‘simliklar karantini va iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan begona o‘tlarning biologik va ekologik xususiyatlari, ob-havo va boshqa tabiiy omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan fitosanitar xavf tahlillarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.
Soha xodimlarini malakasini oshirish o‘quv-seminarlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:
Respublikamizda begona o‘tlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, begona o‘tlarga qarshi kurashning uyg‘unlashgan samarali usullarini belgilash, bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining orasida uchraydigan karantindagi va boshqa begona o‘tlarga qarshi kurashish tizimini keng ko‘lamda joriy etish maqsadiga qaratilgan grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha loyihalar tayyorlash;
Karantin ostidagi va boshqa begona o‘tlardan gerbariylar va o‘simlik urug‘laridan kolleksiyalar tayyorlanadi;
Respublika hududida tarqalgan ichki karantindagi va qishloq xo‘jaligiga zarar keltiradigan begona o‘tlarning fitosanitar tozaligini ta’minlashda zarari, bioekologiyasi, tarqalish areali va qarshi kurash choralari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib borish;
O‘zbekistonda uchraydigan begona o‘tlar va karantin o‘simliklari to‘g‘risidagi barcha mavjud ilmiy ma’lumotlarni umumlashtirish asosida ma’lumotlar bazasini tuzish;
Agentlik xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda inspektorlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda ishtirok etish.
LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:
a) Qishloq xo‘jalik ekinlari orasida uchraydigan begona o‘tlarga va karantindagi begona o‘tlarni turlari, avlodlari, biologik va tarqalgan hududlarini aniqlash:
b) Karantin ostidagi va boshqa begona o‘tlardan gerbariylar va o‘simlik urug‘laridan kolleksiyalar tayyorlanadi:
d) Respublika hududida tarqalgan ichki karantindagi va qishloq xo‘jaligiga zarar keltiradigan begona o‘tlarning fitosanitar tozaligini ta’minlashda zarari, bioekologiyasi, tarqalish areali va qarshi kurash choralari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib borish:
e) Begona o‘tlarning joriy va ko‘p yillik mavsumlar davomida ularning rivojlanishi hamda tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlili qilish:
f) Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlarda uchraydigan begona o‘tlar turlari aniqlanib, ularga qarshi dala tajribalarini o‘tkazish:
g) Qishloq xo‘jalik ekinlari orasida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi zamonaviy himoya tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy loyihalar mavzusini Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlovida ishtirok etish uchun taqdim etiladi;
h) O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining xududlaridagi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida o‘quv seminarlarda laboratoriya xodimlari o‘z ma’ruzalar bilan qatnashishi:
i) Fermer va dexqon xo‘jaliklariga mutaxassislariga sohaga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va chop etish:
j) Laboratoriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023)
Qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 1 ta darslik, 2ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta tavsiyanoma, 20 ta maqola (2 ta Scopus va 5 ta Web of Science xalqaro bazalarda) chop etildi va OAV da 10 dan ortiq ilmiy intervyular ,radio eshittirishlar olib borildi .
Zararli organizmlarga qarshi yangi kimyoviy vositalar sinov-tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatildi. Bunda, 24 ta (24 ta gerbitsidlar) kimyoviy preparatlar sinov-tadqiqot o‘tkazilib, amaliyotga tavsiya etilgan.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida uchraydigan begona o‘tlar va ularning urug’laridan 50 dan ortiq kolleksiyalari yaratildi.
Mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 10 ta ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish bo‘yicha 2 nafar (PhD) tayanch doktorant va 1 nafar (DcS) doktorantga ilmiy mavzular tanlab berildi.
Mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 10 ta ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlar tashkil etildi.
- Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi
- Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Gʻoʻza, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish laboratoriyasi
- Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi
- Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi
- Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
- Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi
- Bogʻ, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Manzarali va oʻrmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi