Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi

O‘SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI ZARARLI ORGANIZMLARNI PROGNOZLASHTIRISH LABORATORIYASI

 

Laboratoriya tuzilmasi:

Laboratoriya mudiri: q.x.f.f.d., Asan Mambetnazarov;

Yetakchi ilmiy xodim: q.f.n. Ilxom Isomidinov;

Katta ilmiy xodim: b.f.n. Muxtabar Babaxanova;

Katta ilmiy xodim: Baxram Jalgasov;

Kichik ilmiy xodim: Dilorom Xidoyatova;

Katta laborant: Muhabbat Boboxonova.

 

LABORATORIYANING TARIXI:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida» 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori va Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga muvofiq O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyaning nizomi, xodimlarning lavozim malaka yo‘riqnomasi hamda yillik ish rejalari mavjud.

 

LABORATORIYANING ASOSIY FAOLIYATI:

Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi hozirda Respublika hududida tarqalgan va iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan o‘simliklar zararli organizmlarini tarqalishi, rivojlanishi va zarar yetkazish darajasini o‘rganish orqali zararli organizmlarni prognozini ishlab chiqish bo‘yicha tajribalar olib borish, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlari va shaxsiy tomorqalarda fitosanitariya holatini aniqlash maqsadida dala kuzatuv-nazorat ishlarini o‘tkazilishi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar ishlab chiqish uchun ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

Iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan zararli organizmlarining bioekologik va ekologik xususiyatlari, Respublika hududida qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarnining rivojlanishi va tarqalishi bo‘yicha   ob-havo va boshqa tabiiy omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan prognoz ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib qisqa va uzoq muddatli prognozlar tayyorlanib hududlarga yetkaziladi.

O‘simliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan fitosanitar dala inspektorlari, fermer va klaster mutaxassislariga malakasini oshirish uchun tashkil etiladigan o‘quv-seminarlarda o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etadi.

LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:

Zararli organizmlarni tarqalishi yuzasidan joriy yil uchun uzoq muddatli va oylar bo‘yicha qisqa muddatli prognozlar ishlab chiqish va ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5185-sonli qarorda belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarga xavfli va karantin zararkunandalar uchun yiliga 30 mingdan ortiq feromon tutqichlarni yetkazish va feromonitoring olib borish;

Respublikada katta iqtisodiy zarar keltiradigan zararli organizmlarni hududlarda monitoringini olib borish;

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli organizmlari bo‘yicha uyg‘unlashgan kurash dasturlarini (IPM) ishlab chiqish;

Zararkunanda va kasalliklarni tarqalishi va rivojlanish muddatlarini o‘rganish;

Dehqon, fermer xo‘jaliklari, aholi tomorqalari va agroklasterlarni (IPM) soha bo‘yicha dala seminarlarini o‘tkazish va soha mutaxassislarini malakalarini oshirish kurslarida ishtirok etish;

Xalqaro o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha faoliyat olib boradigan tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo’yish;

Davlat ilmiy-texnik dasturlari asosida ilmiy-tadqiqotlar olib borish;

Respublikadagi sohaga ta'luqli ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi bilan o‘zaro foydali hamkorlik shartnomalari tuzish va ilmiy amaliy tadqiqotlar olib borish;

Xalqaro ma'lumotlar bazasiga ilmiy tadqiqot ishlarni kiritishni yo‘lga qo‘yish va ilmiy qo‘llanma va maqolalar chop etish;

 

LABORATORIYANING ASOSIY FUNKTSIYALARI:

a) Qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida uchraydigan zararli organizmlarni tarqalishi uchrashi yuzasidan qisqa va o‘zoq muddatli prognozlar ishlab chiqish:

b) Laboratoriya veb saxifasiga (www.fitoprognoz.uz) zararli organizmlar tarqalishi bo‘yicha ma'lumotlar kiritib borish:

d) Respublika hududlari bo‘ylab monitoring tadqiqotlar olib borish maqsadida feromon tutqichlar joylashtirish va mavsum davomida katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarni ko‘payishi, tarqalishi va rivojlanishini monitoring o‘rganish:

e) Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli organizmlari bo‘yicha uyg‘unlashgan kurash dasturini (IPM) tayyorlash:

f) Bahorgi va kuzgi yer kovlash asosida xavfli zararli organizmlarini tarqalishini va rivojlanishini o‘rganish.

Xavfli zararkundalarni rivojlanish fenologiyasini ishlab chiqish:

g) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ish rejalari asosida dehqon, fermer xo‘jaliklari, aholi tomorqalari va agroklasterlar soha mutaxassislari uchun o‘quv kurslari va seminarlarda qatnashish:

h) Patent va mualliflik guvohnomalarni arizalarini tayyorlash.

i) Xalqaro va mahalliy ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, ilmiy seminarlar va konferentsiyalarda ishtirok etish. Xalqaro ilmiy markazlarda malakalarni oshirish. Ilmiy-amaliy ko‘rgazmalarda qatnashish.

j) O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan ilmiy tashkilotlar bilan zararli organizmlarni prognozlashtirish zamonaviy usullari bo‘yicha tajribalar almashish.

 

LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023)

Laboratoriyani veb sahifasi ishlab chiqildi (www.fitoprognoz.uz) va veb sahifa takomillashtirilib o‘simliklarni xavfli zararli organizmlarni ma'lumotlar bazasi yaratilmoqda.

Qishloq xo‘jalik ekinlarida zararli organizmlarning paydo bo‘lishi, tarqalishi to‘g‘risida 12 ta qisqa va 3 ta uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqilib hududlarga taqdim etib kelinmoqda.

Har-yili xavfli zararkunandalarni tarqalishi monitoring o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarga 30 000 mingdan ortiq feromon tutqichlar taqdim etilib feromonitoring ishari olib borilmoqda.

Xorijiy va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan jami 17 turdagi zararkunandalar uchun jinsiy feromon tutqichlar va 6 kimyoviy preparatlar sinovlari olib borildi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi.

Italiyaning “Sigma” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 8 turdagi xavfli zararkunandalar uchun feromon tutqichlar sinovlari olib borilib kompaniya bilan hamkorlikda Davlat xususiy cherikchilik asosida feromon tutqichlar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish bo‘yicha hujjatlar tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlandi hamda institut huzurida o‘simliklarni xavfli zararkunandalari uchun feromon tutqichlar ishlab chiqaruvchi ma'suliyati cheklangan jamiyat (Biosigma) tashkil etildi.

Laboratoriya tomonidan 3 ta ilmiy qo‘llanma, 4 ta zararli organizmlarga uyg‘unlashgan kurash tizmida boshqarish bo‘yicha (IPM), Xalqaro ilmiy bazalardan ro‘yxatdan o‘tgan jurnallarda 6 ta maqolalar hamda Xalqaro va Respublika         ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 15 dan ortiq tezislar chop etildi.

O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq Davlat universiteti va O‘zFA O‘simliklar ekperimental biologiya va genetikasi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalar doirasida tajribalar olib borildi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda invaziv va karantin begona o‘tlarni raqamli xaritalari ishlab chiqilmoqda.

Qoraqalpoq Davlat universiteti bilan hamkorlikda kunjut o‘simligini kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida tajribalar olib borilmoqda.

Mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 13 ta ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlarda ishtirok etildi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishi

Birlashgan Millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi taraqqiyot Dasturining “Mahalliy aholining chidamliligini oshirish va Orolbo‘yi mintaqasining eng zaif jamoalarining yashil, inklyuziv rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tadqiqotlar olib borildi. Umumrossiya o‘simliklar karantini markazi va Moldaviya Respublikasi “Eko-markaz” tashkiloti bilan zamonaviy jinsiy feromon tutqichlar samaradorligini o‘rganish hamda Qozog‘iston o‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda zararli organizmlarni tarqalishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Laboratoriya ilmiy xodimlari Xalqaro va respublika ilmiy va amaliy o‘quv seminarlarda faol ishtirok etib malakalarini oshirib kelmoqda.