Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzYaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
Laboratoriya tuzilmasi:
Laboratoriya mudiri: q.x.f.d.prof. Nodirbek Tufliev;
Yetakchi ilmiy xodim: q.x.f.d.d. Bahodir Eshchanov;
Katta ilmiy xodim: q.x.f.n. Baxtiyor Akromov;
Muqaddas Imomova
Kichik ilmiy xodim: Yulliev Faxriddin;
Laborant: Maloxat Jalilova
LABORATORIYANING TARIXI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida» 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga muvofiq O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyaning o‘z nizomi, xodimlarning lavozim malaka yo‘riqnomasi hamda institut direktori tomonidan har yil uchun tasdiqlab beriladigan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlar dasturi mavjud.
LABORATORIYANING ASOSIY FAOLIYATI:
“Yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga,O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalarining qarorlariga,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,qarorlari va farmoyishlariga,O’simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig’ining buyruq va topshiriqlariga,institut direktorining topshiriqlariga va boshqa qonun xujjatlariga amal qiladi.
O‘simliklar karantini va iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan zararli organizmlarining biologik va ekologik xususiyatlari, ob-havo va boshqa tabiiy omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan izlanishlar olib boradi.
Soha xodimlarini malakasini oshirish bo’yicha o‘quv-seminarlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Laboratoriya oldiga qo’yilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda boshqa laboratoriyalar,O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimidagi institutlar,mahalliy davlat hokimyati organlari,nodavlat notijorat tashkilotlar,xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:
Laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
Yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarning zararli organizmlarining biologiyasi,ekologiyasi,tarqalishi areali,rivojlanish fenologiyasi,zarari va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va ularni samarali qo’llash bo’yicha ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib borish;.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtiruvchilarning yer maydonlarida xavfli yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarning zararli organizmlarini o’choqlarini o’z vaqtida aniqlash va ularga qarshi samarali kurashishning choralarini olib borish;
Respublika hududida tarqalgan xavfli yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarni zararli organizmlarining fitosanitar tozaligini ta’minlashda zarari,bioekologiyasi,tarqalish areali va qarshi kurash choralari bo’yicha ilmiy -tadqiqot ishlari olib borish;
soha xodimlarining malakasini oshirish va o’quv-seminarlarida o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etish;
Respublikada “Organik qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirishda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof muhitga hamda inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Agentlik xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda ishtirok etish.
LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:
a) Yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarni zararli organizmlarini biologiyasi,rivojlanishi o’rganilib ularga qarshi kurash chora tadbirlarini ishlab chiqish;
b) respublika xududida tarqalgan xavfli yaylov,yem-xashak,moyli va dorivor o’simliklarni zararli organizmlarning fitosanitar tozaligini ta’minlashda zarari,bioekologiyasi,tarqalish areali va qarshi kurash choralari bo’yicha ilmiy- tadqiqot izlanishlar olib borish:
d) ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat olib borish , o’simliklar karantini bo’yicha belgilangan sohalarda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik olib borish;
e) O’zbekiston Respublikasi O’simliklar karantini va himoyasi agentligi faoliyatida karantin zararli organizmlar va karantin nazoratidagi zararli organizmlar bo’yicha fitosanitar karantin holatini o’rnatish bo’yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
f) respublika hududida yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarini ko‘payishini oldindan aniqlash, bioekologik hususiyatlarini o‘rganish, zarar keltirish darajasiga asoslangan holda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirish sohasida:
g) O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va fan yutuqlarini ishlab-chiqarishga joriy etish;
h) Agentlik xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida yordam berish;
i) Laboratoriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023).
Qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 1 ta darslik, 1ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta tavsiyanoma, 20 ta maqola (2 ta Scopus va 5 ta Web of Science xalqaro bazalarda) chop etildi va OAV da 10 dan ortiq ilmiy intervyular ,radio eshittirishlar olib borildi .
Zararli organizmlarga qarshi yangi kimyoviy vositalar sinov-tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatildi. Bunda, 50 ta (5 ta gerbitsidlar, 5 ta fungitsid, 40 ta insektoakaritsidlar) kimyoviy preparatlar sinov-tadqiqot o‘tkazilib, amaliyotga tavsiya etilgan.
Qishloq xo‘jaligining 50 turdagi zararli organizmlarining 1000 dan ortiq kolleksiyalari yaratildi.
Mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 30 ta ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishi
Yevropa Ittifoqining “Ask Facility” dasturi texnik ko‘magida, Buyuk Britaniyaning CABI tashkiloti xalqaro ekspertlari ishtirokida o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish “IPM” tizimi bo‘yicha laboratoriyaning 3 nafar soha mutaxassislari ToT (Training of trainers) kursida malakasi oshirilib, xalqaro sertifikatga ega Uyg‘unlashgan himoya qilish “IPM” tizimi murabbiylari tayyorlandi.
Laboratoriya xodimlari FAO xalqaro tashkiloti bilan xamkorlikda respublikada trans chegaravey xududlarda hamda Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston davlatlarida o’quv-seminarlari ,treninglar olib borishdi.
Laboratoriyada 4 nafar (PhD) tayanch doktorant hamda 2 nafar mustaqil tadqiqotchlar ilmiy izlanishlari bo’yicha faoliyat olib bormoqda.
Lobaratoriya tayanch doktoranti F.Nurjonov Rossiya FA ning 300-yilligi doirasida Rossiyaning Nijniy Novogrod shahrida MDH davlatlari yosh olimlarining xalqaro forumida ishtirok etdi. 2023 yil iyun oyida Gruziyaning Kahitiya viloyatida xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etdi.
- Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi
- Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Gʻoʻza, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish laboratoriyasi
- Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi
- Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi
- Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
- Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi
- Bogʻ, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Manzarali va oʻrmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi