Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya mudirlari

G'o'za, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi mudiri

Marupov Abbosxon

Telefon: +998 (97) 454-30-48 (+99871)203-92-92 (3015)

Elektron pochta: abbosxon.marupov@mail.tu

Qabul kunlari: Shanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИ
    1966-1971 йй. -    Тошкент қишлоқ хўжалиқ институти талабаси
    1971-1974 йй. -    Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти кундузги бўлими аспиранти
    1974-1981 йй. -    Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти кичик илмий ходими
    1981-1983 йй. -     Эфиопия қишлоқ хўжалиги вазирлиги ўсимликларни ҳимоя қилиш бўйича маслаҳатчиси
    1983-1985 йй. -    Тошкент қишлоқ хўжалик институти катта илмий ходими
    1985-1988 йй. -    Пахтачилик илмий-тадқиқот институти катта илмий ходими
    1988-1991 йй. -    Қишлоқ хўжалиги микробиологияси илмий-тадқиқот институти докторанти (Лениград  шаҳри)
    1990-1990 йй. -   АҚШ, Калифорния, Девис Университети, таклиф этилган профессор
    1991-1996 йй. -    Ўзбекистон фанлар академиясининг экспериментал биология институти,ш гуруҳ раҳбари
    1996-1997 йй. -    Ташқи вазирлиги қошидаги дипломатия корпусида қишлоқ хўжалиги бўйича Англиянинг Меридит Джонс компанияси маслаҳатчиси
    1996-1999 йй.   – Тошкент Иқтисодиёт Университети талабаси
    1997-1999 йй. -    Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти қошидаги “Ғўзанинг уйғунлаштирилган ҳимояси” лойиҳа бош директори
    1999-2001 йй. -  Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги илмий-ишлаб чиқариш маркази бош директори маслаҳатчиси 
    2001-2011 йй. -  Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги вазирлиги қошидаги “Агроилмдунё” илмий-ишлаб чиқариш қорҳонаси бош директори
    2007-2011 йй. -    Ўриндош сифатида Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти КХ-4Ф-21 ва КХА-10-092 лойиҳалар раҳбари
    2011-2012 йй. - Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти КХ-4Ф-21 ва КХА-10-092 лойиҳалар раҳбари
    2012-2017 йй. - Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти ҚХФ-5-032, КХИ-5-024 ва ҚХА-9-065 лойиҳалар раҳбари
    2017-2018 й.й. - Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти  МЧЖ  лаборатория мудири, лойиҳа раҳбари
    2018-2019 йй.  - Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти БВ-И-КХ-2018-63-сонли лойиҳа раҳбари
    2020 й. – 2021йй. - Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти ФЗ 201908015-сонли лойиҳа раҳбари
    2021й. – ҳ.в.- Ўсимликлар карантини ва ҳимояси илмий тадқиқот институти, лаборатория мудири

  • Majburiyatlari Uz

Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi mudiri

Mambetnazarov Asan Bisenbaevich

Telefon: +998 (99) 878-23-52 (+99871)203-92-92 (3017)

Elektron pochta: ASAN.MAMBETNAZAROV@gmail.com

Qabul kunlari: Shanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • A.B.Mambetnazarov 1981 yil 4 avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida ziyolilar  oilasida  tug‘ilgan.
    2001 yil Qoraqalpoq Davlat Universitetining Biologiya fakultetini (bakalavr) imtiyozli diplom bilan tamomlagan.  
    2006-2008 yillarda Toshkent Davlat Agrar universiteti O‘simliklarni himoya qilish fakultetini (magistr) imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 
    2008-2010 yillarda Qoraqalpoq Davlat universiteti asisstenti lavozimida faoliyat olib borgan. 
    2010-2013 yillarda O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ITI da aspirant, 2013-2020 yillar mobaynida shu dargohda kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, loyiha rahbari lavozimlarini egallagan.
    2019 yilda “Bug‘doyni zamburug‘li kasaliklariga qarshi urug‘ dorilagich preparatlarni samaradorligi” mavzusida falsafa fanlari doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
    2019 yildan boshlab ikki yil davomida Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida bajarilayotgan   “Orol dengizining qurigan qismida yangidan barpo etilgan o‘rmon va yaylov o‘simliklarini kasalliklardan himoya qilish agrotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzudagi amaliy loyihada 0,5 stavkada katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
    2021 yildan O‘simliklar karantini ilmiy tadqiqot markazi katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib borgan.
    2021 yildan noyabr oyidan boshlab O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida “Zararli organizmlarni prognozlashtirish” laboratoriyasining mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Toshkent viloyatlarida tashkil etilgan o‘quv seminarlarda fermer xo‘jaliklarga o‘z marʼuzalari bilan faol ishtirok etgan.
     

  • Majburiyatlari Uz

Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi mudiri

Hakimov Abduvohit Abdurahimovich

Telefon: +998 (97) 303-33-59 (+99871)203-92-92 (3019)

Elektron pochta: sh.xodjaev@mail.ru

Qabul kunlari: Chorshanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • 1977-1979 йй. Мажбурий ҳарбий хизмат

    1979 -1982 йй. ТошГаз, Ҳамза туманида 2-разрядли слесарь

    1982-1985 йй.Р.Р. Шредер номли Боғдорчилик узумчилик ва виночилик илмий-тадқиқот институтида лаборант

    1985-1992 йй. (ВИЗР, г.Пушкин, Ленинградский обл.) Собиқ Бутуниттифоқ Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институти,Ўзбек агротоксикология лабораторияси  - аграном, илмий ходим

    1992-1995 йй.“САМАРАДОР” (МП) КК илмий ходимТошкент давлат аграр университети Ўсимликларни биологик ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот маркази директор ўринбосари

    1995-1999 йй.Ўзбекистон Ўсимликлар ҳимоя қилиш ИТИ илмий ходим

    1999-2004 йй.Олмониянинг “Agre Evo“Ўзбекистондаги ваколатхонасида етакчи мутахасис

    2011-2019 йй.Ҳиндистоннинг “UPL Limited” Ўзбекистондаги ваколатхонасида Бош вакил

    2019-2022 йй.“Landchem” ХК МЧЖ Тижорат директори 

    2022- й.-х.в.Ўсимликлар карантини ва ҳимояси илмий-тадқиқот институти Агротоксикология ва озиқ-овқат ҳавфсизлиги лабораториясида етакчи илмий ходим

  • Laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  
    - Laboratoriyaga Respublikamiz dehqonchiligiga g'o'za va ayrim boshqa yo'ldosh ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishda kimyoviy usul va uning vositalarini takomillashgan yo'nalishda o'rganib, yuqori xo'jalik va iqtisodiy samaraga ega bo'lganlarini innovasiya shaklida amalga joriy etish nazarda tutiladi. Buning uchun istiqbolli usul va vositalar majmui yanada takomillashtiriladi; yangi pestisidlar namunalari keng o'rganiladi; zararkunandaga nisbatan yuqori samara, atrof-muhit uchun esa – kam zararli bo'lganlari amaliy joriy etiladi; 
    - qishloq xo'jaligi mahsulotlariga zarar yetkazuvchi karantin va xavfli zararkunandalarga qarshi xavfsiz kurash usullari, laboratoriya va dala  tahlillari, qsimliklar dunyosi, qishloq xo'jaligida foydalaniladigan maydonlarni meva-sabzavot, poliz ekinlarida pestisidlarni qoldiq miqdorini  aniqlash bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;   
    - zararli organizmlarning biologik hususiyatlarini, zararini o'rganish, ularga qarshi oldini olish, uyg'unlashgan qarshi kurash tadbirlari bo'yicha ilmiy loyihalarni bajarish;
    -  ilmiy-tadqiqotlarni yuqori saviyada zamonaviy uslublar asosida o'tkazib, ijobiy natijalarni ishlab chiqishga tavsiya qilish va chop etish;
    -  o'simliklarni himoya qilish bo'yicha jahonda va respublikamizda erishilgan fan yutuqlari, ilg'or tajribalarni o'rgangan holda ularni umumlashtirish;
    -  zararkunandalarga qarshi kurashadigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi;
    -  soha xodimlarining malakasi oshiriladi va o'quv – seminarlarida o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etadi;
    -  Laboratoriya 06.01.09 -O'simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo'yicha talabgorlarni laboratoriyada dastlabki ma'ruzasini eshitadi va xulosa beradi;
    -  Laboratoriya buyurma asosida respublika korxonalari va xorijiy firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan pestisidlarni zararli organizmlarga qarshi sinovdan o'tkazib xulosalar beradi;
    -  zararli organizmlarga qarshi uyg'unlashgan himoya qilish tizimi takomillashtiradi.
    7. Laboratoriya asosiy vazifalardan kelib chiqib, quyidagi fuknsiyalarni bajaradi:
    - Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi - pestisidlarni ilmiy asosda tashkil qilish bunda pestisidlar tasnifi, xususiyatlari, qo'llash tartibi, pestisidlarning iqtisodiy samaradorligini oshirishni o'rganish bilan birgalikda zararli organizmlarga qarshi amaliyotda mavjud usullarning qo'llanilishi, hozirgi kunda yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini har xil zaharli pestisidlarni, atrof – muhit oziq-ovqat xavfsizligida zaharli qoldiqlarni aniqlash va insoniyatga bezarar meva-sabzavotlar yetkazib berishda fitosanitar tozaligini ta'minlash zararkunandalarning  bioekologiyasi, tarqalish areali va qarshi kurash choralari bo'yicha ilmiy – tadqiqot izlanishlar olib boradi;
    - ushbu nizom asosida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat olib boradi, o'simliklar karantini va himoyasi bo'yicha va ushbu nizomda belgilangan sohalarda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik olib boradi;
    - “O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy – tadqiqot instituti” faoliyatida Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqadi;
    - ushbu nizomda belgilangan faoliyat sohasida yagona axborot ma'lumotlar bazasini yaratadi

Bog', tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi mudiri

Raxmatov Asror Axrorovich

Telefon: (+99871)203-92-92 (3020)

Elektron pochta: xolovshohrux@gmail.com

Qabul kunlari: Chorshanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • Tarjimai hol Uz

  • Majburiyatlari Uz

Don va don dukkakli ekinlariningzararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi mudiri

Bababekov Kalandar

Telefon: +998 (90) 992-09-31 (+99871)203-92-92 (3012)

Elektron pochta: Qalandar@gmail.com

Qabul kunlari: Shanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • Bababekov Qalandar, 1952 yil 28 mayda Samarqand viloyati, Payariq tumani, “Emalach” qishlog'ida kolxozchi oilasida tug'ilgan. 

    1959-1969 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Lomonosov nomli 40-o'rta maktabda o'qigan. 
    1969-1974 yillarda Toshkent qishloq xo'jaligi institutining «O'simliklarni himoya qilish» fakultetida o'qidim va  o'simliklarni himoya qilish bo'yicha olim-agranom mutaxassisligiga ega bo'lgan. 
    1974 yilda O'rta Osiyo o'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutiga katta laborant lavozimiga ishga qabul qilgan. 
    1984-yil “O'zbekiston sharoitida g'o'zada o'rgimchakkanaga qarshi kurashda mikrobiologik himoya vositalarini izlab topish va ishlab chiqish” bo'yicha biologiya fanlari nomzodligi dissertasiyasini himoya qilgan.
    1989-1996-yillarda    Toshkent Davlat Agrar Universitetida assisent va dosent lavozimlarida ishlagan.
    1996-2001-yilda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tasarrufidagi O'simliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlar markazida bo'lim boshlig'i,  2001-2004-yillar “O'zqishloqxo'jalikkimyo” DAKda o'simliklarni himoya qilish bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan
    2004-2016-yillarda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tasaruffidagi Respublika o'simliklarni himoya qilish va agrakimyo markazida Bosh direktor o'rinbosari, 2016-yildan 2018-yilgacha “O'zagrokimyohimoya” AJda boshqarma “Bog', tok, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkani zararli organizmlariga qarshi kurash” boshqarmasini boshlig'ligi lavozimida ishlagan. 
    2018-2021-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zdavkarantin” inspeksiyasi tizimidagi O'simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
    O'z ish faoliyati davomida respublikada o'simliklarni himoya qilish sohasida uyg'unlashgan himoya qilish tizimini va bu tizimning asosiy yo'nalishi bo'lgan biologik usulni rivojlantirishga hamda respublikada keng joriy etishidagi xizmatlarimni Hukumatimiz tomonidan inobatga olingan olgan holda, 2008 yilda “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan qishloq xo'jalik xodimi” faxriy  unvoni bilan taqdirlangan. 
    O'simliklarni himoya qilishda ko'rsatgan xizmatlari uchun hukumatimiz tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 15, 20, 25 va 30 yilliklari munosabati bilan ko'krak nishonlari va 2021 yilda Qishloq xo'jalik vazirligi tomonidan “Qishloq xo'jalik fidoiysi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan..
    Men o'z ilmiy pedagogik faoliyatim davomida soha bo'yicha 25 ortiq tavsiyalar,  soha bo'yicha 4 ta kitob, 4 ta  xalqaro indeksiyalashgan SCOPUS jurnallarda 4 maqola va 100 ortiq respublika ilmiy jurnallarida va boshqa nashrlarda ilmiy maqolalarim chop etilgan. 
    Hozirgi paytda O'simliklar karanatini va himoyasi agentligi tizimidagi O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Don va don dukkakli ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasida laboratoriya mudiriligi lavozimida ishlab kelmoqda.
    Ilm-fandagi asosiy ilmiy yo'nalishlarim Don va don dukkakli ekinlarining karantindagi va asosiy zararkunanda va kasalliklariga qarshi uyg'unlashgan kurash tiziminitakomillashtirish va qishloq xo'jalik ekinlarini zararkunandalariga qarshi kurashda virulentligi yuqori bo'lgan entomopatogen mikroorganizmlarni izlab topish asosida samarali mikrobiologik himoya vositalarini ishlab chiqish bshyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda

  • Majburiyatlari Uz

Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi mudiri

Nigora Ruzimatovna Tillyakhodzhaeva

Telefon: +998 (97) 777-40-10 (+99871)203-92-92 (3011)

Elektron pochta: xolovshohrux@gmail.com

Qabul kunlari: Shanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • NIGORA RUZIMATOVNA TILLYAXODJAEVA

    TARJIMAI   XOL
    N.R.Tillyaxodjaeva 1970 yil 13 noyabrda Toshkent shahrida ziyolilar  oilasida  tug'ilgan. 
    1992 y. Toshkent Davlat Agrar Universitetining o'simliklarni himoya qilish fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.  
    1992-1993 yy. – Toshkent Davlat Agrar Universiteti «Entomologiya va o'simliklarni uyg'unlashgan himoya qilish» kafedrasida katta laboranti, so'ng kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan;
    1994-1998 yy. – O'zbekiston o'simliklarni himoya qilish ITI da aspirant, 1999-2009 yillar mobaynida shu dargohda  kichik ilmiy xodim, ilmiy – texnik axborot bo'yicha mutaxassis, yetakchi mutaxassis, katta ilmiy xodim lavozimlarini egallagan.
    2006 yilda “Vliyanie gerbisidov na pochvennuyu mikrofloru v posevax texnicheskix, zernovix i ovoshnix kultur” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
    2009 yildan 2011 yilgacha - O'zbekiston o'simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida KXA-10-093 loyixasida katta ilmiy xodim vazifasida ishlagan. 
    Respublika va xalqaro anjumanlarda, xorijiy va maxalliy jurnallarda 50 tadan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 
    2012 y. OAK tomonidan Katta ilmiy xodim lavozimi diplomini olgan. 
    “UZEKSPOMARKAZ”da tashkil qilingan «Innovasion g'oyalar, texnologiyalar va loyixalar» yo'nalishidagi I,  II, IV va VI Respublika yarmarkalarida institut yutuq va ishlanmalarini namoyish etishda va institut jamoat ishlarida faol ishtirok etgan va  1 o'ringa sazovor bo'lgan, AO  NVK “Uzekspomarkaz”  direktori M.Nuritdinov tomonidan  Diplom (FLORA  EXPO-2014) va Tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. 
     2014 yildan boshlab ikki yil davomida Toshkent Davlat Agrar Universiteti, “Qishloq xo'jalik biotexnologiyasi va fitopatologiyasi” kafedrasida 0,5 stavkada dosent lavozimida ishlagan.
    2014 y. 4 iyun O'zbekiston Respublikasi Davlat Kimyo komissiyasi tomonidan “Trixodermin” biologik preparatini avtori sifatida №1 A-743 raqami orqali ro'yxatdan o'tganligi haqida GUVOHNOMA ni qo'lga kiritgan
    2017 yildan buyon “Qishloq xo'jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi biologik himoya usuli” laboratoriyasining mudiri lavozimida faoliyat yuritmo

  • 1. Ushbu laboratoriyada yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor o'simliklarni karantindagi va boshqa xavfli zararli organizmlarini tarqalishi, bioekologiyasi, zarari va qarshi kurash choralarini samarali qo'llash bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boradi hamda ishlab chiqarishga joriy qilish bilan shug'ullanadi. 
    2. Soha xodimlarini malakasini oshiradi va o'quv-seminarlarida o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etadi.
    II. Vakolati va funksional vazifalari
    Laboratoriya mudirining vazifalari:
     Laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan bajariladigan ilmiy izlanishlar, loyihalar va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq qilinishi bo'yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Laboratoriyaning ko'p yillik (perespektiv), bir yillik va choraklar bo'yicha ish rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlashga taqdim etadi.
     Ilmiy mavzularni tuzadi, ularni maqsad va vazifalarini belgilaydi. Mavzular bo'yicha kalendar rejalar, ish dasturlari tuzishni boshqaradi va ularni o'z vaqtida sifatli bajarilishini ta'minlaydi. Mavzular bo'yicha hisobotlarni tayyorlash, ularning muhokamasini o'tkazish, topshirilishini nazorat qilish va ularni joriy qilishga topshirish ishlarini amalga oshiradi. Ilmiy izlanishlar natijalarini chop etilinishini, ularni ilmiy konferensiyalar, seminarlarda muhokama etilishini boshqaradi. 
     YAylov, yem-xashak, moyli va dorivor o'simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish bo'yicha tavsiyanoma, qo'llanma va yo'riqnomalar ishlab chiqadi. Xorijiy matbuotlarda va mahalliy jurnallar hamda xalqaro va ilmiy-amaliy konferensiyalarga maqolalar chop etish uchun taqdim etadi. Televideniyada chiqishlar qiladi. Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotda qo'llash bo'yicha takliflar tayyorlaydi. O'simliklar karantini sohasi bo'yicha magistr va doktorantlarning ilmiy ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi. 
     Laboratoriyaning choraklik va yillik hisobotlarini sifatli tayyorlaydi va rahbariyatga taqdim etadi. 
     Sohaga oid innovasion va ilmiy-amaliy loyihalar ishlab chiqadi va unga rahbarlikni amalga oshiradi. Laboratoriya (loyiha) xodimlarini tanlash, ularning mehnatiga haq to'lashni, rag'batlantirish ishlariga boshchilik qiladi. Xodimlar mehnatini tashkil qilish, texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta'minlaydi.

Manzarali va o'rmon daraxtlarining zararli Organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi mudiri

Nafasov Zafar Nurmaxmadovich

Telefon: +998 (93) 280-33-33 (+99871)203-92-92 (3021)

Elektron pochta: NafasovZafar@gmail.com

Qabul kunlari: Shanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • Нафасов Зафар Нурмахмадович 20 апрел 1985 йилда Қашқадарё вилояти Миришкор туманида туғилган. Миллати ўзбек. Ижтимоий келиб чиқиши зиёли. Маълумоти олий. Туманнинг №1 лицей интернатини 2003 йили тамомлаб шу йили Тошкент Давлат Аграр университетининг агрономия факультетига ўқишга кириб 2007-йил бакалаврият босқичини имтиёзли тугатиб, шу йили ўсимликларни касалик ва зараркунандалардан асраш йўналиши магистранти бўлган. 2009 йилда Тошкент давлат аграр университетининг магистратурасини Ўсимликларни касаллик ва зараркунанда-лардан асраш мутахассислиги бўйича тамомлаган. 
    2011-2012 йй. - Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий тадқиқот институти стажёр-тадқиқотчи изланувчиси, 2013-йил Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий тадқиқот институти катта илмий ходим изланувчиси, 2014 йил- Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий тадқиқот институти КХИ-5-114-2013 лойиҳа кичик илмий ходими, 2015-2017 йй. - Ўзбекистон ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий тадқиқот институти КХА-9-106-2015 лойиҳа кичик илмий ходими, 2017-2018 йй. – Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий тадқиқот институти МЧЖ КХА-9-106-2015 лойиҳа кичик илмий ходими, ички ўриндош сифатида ВА-КХА-9-004 лойиҳа кичик илмий ходими, 2018-2019 йй. - Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий тадқиқот институти МЧЖ МУ-20171025165-сонли лойиҳа раҳбари ҳамда ички ўриндош сифатида, 2018-2020 йй. БВ-А-Х-2018-320 лойиҳаси катта илмий ходими, 2018-2021 йй шу институтнинг докторанти, 2021 йил 18-ноябрдан “Манзарали ва ўрмон дарахтларининг зарарли организмларига қарши курашиш” лаборатория мудири лавозимида фаолият олиб бормоқда.
    06.01.09-Ўсимликларни ҳимоя қилиш ихтисослиги бўйича “Игна баргли дарахтларни асосий сўрувчи зараркунандалардан ҳимоя қилиш тизимини ишлаб чиқиш” мавзусида қишлоқ хўжалиги фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасига эга бўлди (28.03.2018 йил). 06.01.09-Ўсимликларни ҳимоя қилиш ихтисослиги бўйича катта илмий ходим илмий унвонига эга бўлган (27.02.2020 йил).
    Нафасов Зафар Нурмахмадович шу кунгача 65 га яқин мақолаларини Республикамиздаги турли хил илмий оммабоп ва илмий ҳалқаро журналларда чоп эттирган, ҳамда илмий-амалий конференцияларда маъруза қилган.
    Ҳукуматимизнинг қишлоқ хўжалиги соҳасига тегишли қарорлари, фармонлари ва меъёрий ҳуқуқий ҳужжатларини ўқиб ўрганиб, уларни бажарилиши бўйича фаол иштирок этиб келмоқда. У ўз ўртоқларига нисбатан меҳрибон ва ғамхўр, жамоада ўз ўрнига эга. Оилали, уч нафар фарзанди бор.
     

  • Лаборатория мудири 

    Лавозим вазифалари. Лаборатория (бўлим) йўналиши бўйича фундаментал, амалий ва инновацион тадқиқотларнинг бажарилишига раҳбарлик қилади ва уларда бевосита иштирок этади. Институтнинг мавзулар режасида лаборатория учун мўлжалланган илмий-тадқиқот ишининг бажарилишини ташкил этади, тегишли илм соҳаси бўйича уларнинг ривожланиш истиқболларини белгилайди, тадқиқот ва ишланмалар олиб боришнинг усул ва воситаларини, лаборатория (бўлим) олдига қўйилган илмий ва техник вазифаларни ҳал этиш йўлларини танлайди. Лаборатория (бўлим) йўналиши билан боғлиқ йиллик ва истиқболга мўлжалланган лойиҳалар ва тадқиқот режаларини ишлаб чиқади ва институт маъмуриятига тақдим этади.
    Лаборатория (бўлим) фаолиятига тегишли ва унинг фаолият доирасига кирувчи фан ва техника ёки халқ хўжалиги соҳасини ривожлантириш бўйича техник топшириқлар, услубий ва қўлланма дастурлар, иқтисодий-техник асосномалар, истиқбол режалари ва услубий ҳужжатларни ишлаб чиқишга раҳбарлик қилади. Режалаштирилган илмий тадқиқотларни ҳамкорликда бажарадиган идора, ташкилот ва корхоналарни аниқлайди. Лабораториянинг мавзулар режасида кўзда тутилган муаммолар бўйича раҳбарликни амалга оширади, уларнинг пировард мақсадлари ва кўзда тутилган натижаларни тавсифлаб беради ҳамда муҳим шартнома мажбуриятларининг бажарилиши, шунингдек, лаборатория (бўлим) мутахассислари ва ҳамкорликда иш бажарувчилар ишининг сифати устидан назорат қилади. Меъёрий талаблар, ҳужжатларнинг тўлиқ ва сифатли бўлишига риоя қилган ҳолда, лабораторияда бажарилаётган илмий тадқиқотларни бажаришга йўналтирилган маблағларнинг сарфланиш режасини ишлаб чиқади ва мақсадга мувофиқ ишлатилишини таъминлайди. Лаборатория (бўлим)да бажарилган ишлар тўғрисидаги илмий ҳисоботларни тайёрлайди ва кўриб чиқиш учун илмий (илмий-техник) кенгашга тақдим этади. Лаборатория (бўлим) мудирлари кенгаши фаолиятида фаол иштирок этади. Лабораториянинг тадқиқот ишларини олиб бориш учун асбоб-ускуналар, жиҳоз-буюмлар ва бошқа ресурсларга бўлган эҳтиёжини аниқлайди ва зарур воситалар билан таъминлаш, улардан  мақсадга мувофиқ фойдаланиш ва асраш чора-тадбирларни кўради. Илмий ва техник натижалар учун патент олиш, ихтиролар таклифларини рўйхатдан ўтказишга кўмаклашади. Лаборатория (бўлим) фаолияти самарадорлигини ошириш, кадрларни мақсадга мувофиқ жойлаштиришни таъминлайди, уларнинг ижодий фаоллигини ошириш чора-тадбирларини кўради. Меҳнат муҳофазаси, техника хавфсизлиги, ишлаб чиқариш санитарияси ва ёнғинга қарши ҳимоя қоида ва меъёрларига риоя қилинишини назорат этади. Кадрлар танлашда қатнашади, уларни аттестациядан ўтказиш ва фаолиятини баҳолаш, малакасини ошириш бўйича иш олиб боради, лабораториянинг умумий ишига қўшган шахсий ҳиссасига қараб ходимлар меҳнатига ҳақ тўлаш ҳамда уларни моддий ва маънавий рағбатлантириш бўйича  таклифлар киритади. Лабораторияда илмий тадқиқотлар, биология йўналиши бўйича фалсафа доктори ва докторлик диссертацияларининг муҳокамасини ва уларни экспертизадан ўтказишни ташкил этади.
    Билиши шарт: “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури”, “Узлуксиз таълим тизимида илмий ва илмий-педагогик ходимлар тайёрлаш тўғрисида” ги Низом, Ўзбекистон Республикаси Олий аттестация комиссиясининг қарорлари, низомлари, институт ва лаборатория (бўлим) га тегишли илм, фан ва техника соҳасининг илмий муаммолари, халқ хўжалиги тармоғининг ривожланиш йўналишлари, мазкур масалалар бўйича республика ва хорижий мамлакатларда эришилган натижалар, юқори идораларнинг кўрсатма тусидаги ҳужжатларини; илмий тадқиқотлар ва ишланмалар олиб бориш, уларни ташкил этиш, режалаштириш, молиялаштириш ва ҳаётга татбиқ этишнинг белгиланган тартибларини; бошқа ташкилотлар, идоралар ва корхоналар билан биргаликда иш бажариш учун шартнома тузиш ва уни амалга ошириш тартибларини; лабораторияни тадқиқот олиб бориш учун зарур асбоб-ускуналар, техника воситалари билан таъминлаш ва улардан фойдаланиш қоидаларини; ихтиро ва кашфиётлар учун талабнома ёзиш, илмий-техник ҳужжатлар ва асбоб-анжомлар, техника воситалари ва бошқа илмий асбоб-ускуналарни олиш учун талабномаларни расмийлаштиришни; илмий тадқиқотлар ва ишланмалар устидан раҳбарлик қилиш, илмий ходимлар меҳнатини ташкил этиш, баҳолаш, уларга ҳақ тўлаш тизими ва уларни моддий рағбатлантириш шаклларини; кадрлар тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишга оид амалдаги қонун-қоидаларни; иш юритишни ташкил этиш бўйича кўрсатма тусидаги ҳужжатларни; меҳнат қонунчилиги асосларини; меҳнатни муҳофаза қилиш, техника хавфсизлиги, ишлаб чиқариш санитарияси ва ёнғинга қарши ҳимоя қоида ва меъёрларини.
    Малакавий талаблар. Олий маълумот, фан доктори ёки номзоди илмий даражаси. Илмий ишлари мавжудлиги.

Yaylov, yem-hashak, moyli va dorivor o'simliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi mudiri

Tufliev Nodirbek Khushvaktovich

Telefon: +998(91) 780-04-05 (+99871)203-92-92 (3013)

Elektron pochta: nodirbek.tufliev@mail.ru

Qabul kunlari: Shanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • Tufliev Nodirbek Xushvaktovich, 1978 yil 29 yanvarda Qashqadaryo viloyati, YAkkabog' tumani, Haqiqat jamoa xo'jaligi, No'g'ayli qishlog'ida ziyoli oilada tug'ilganman. Otam – Tufliev Xushvakt, 1950 yilda tug'ilgan, Qashqadaryo viloyatida irrigator-muhandis lavozimida ishlagan 2001 yilda vafot etgan. Onam – Boymetova Oyimxol, 1951 yilda tug'ilgan, pensiyada. YAkkabog' tumanidagi 59-o'rta maktabda o'qituvchi bo'lib ishlagan.
    1984 yildan 1994 yilgacha YAkkabog' tumanidagi Mo'qimiy nomli 59-o'rta maktabda o'qidim. 1994 yildan 1995 yilgacha Haqiqat jamoa xo'jaligida ishchi bo'lib ishladim. 
    1995 yilda Toshkent Davlat Agrar Universitetining «Agronomiya» fakultetiga o'qishga kirdim va shu universitetni 1999 yilda tugallab, agronom mutaxassisligiga ega bo'ldim. 1999 yilda O'zbekiston o'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutiga laborant lavozimiga ishga qabul qilindim.
    2000-2002-yillarda Toshkent Davlat Agrar Universitetining «Paxta seleksiyasi va urug'chiligi» mutaxassisligi bo'yicha magistraturada tahsil oldim. 
    2003-2005 yillarda O'zbekiston o'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutiga “O'simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish” yo'nalishi bo'yicha kunduzgi bo'lim aspiranturasida o'qidim. 
    2012 yilda «Zararli chigirtkalarga qarshi zamonaviy usul va vositalarning samaradorligi» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildim va qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2016 yil katta ilmiy xodim ilmiy unvonini unvonini oldim. 
    2015-2017 yillarda O'zbekiston o'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutida “O'simliklarni himoya qilish” yo'nalishi bo'yicha doktoranturada o'qidim va 2019 yilda O'zbekistonning tog'oldi, yaylov va cho'l hududlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurash majmuini yaratish» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildim.
    1999-2012 yillarda O'zbekiston o'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining laboranti, ilmiy xodimi, katta ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat olib bordim. 2018-2020 yillarda O'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutida loyihalar rahbari lavozimida faoliyat olib bordim. 2018-yildan o'rindoshlik asosida, 2019-yildan asosiy shtatda “O'simliklarni himoya qilish” kafedrasida dosent, professor 2020 yil mart oyidan O'simliklar va qishloq xo'jalik maxsulotlari karantini kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat olib borganman. 
    2021 yil, 2 dekabrdan buyon “YAylov, yem-xashak, moyli va dorivor o'simliklarni zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqdaman.
    Men o'z ilmiy pedagogik faoliyatim davomida 93 ta ilmiy maqola, 1 ta darslik, 2 ta o'quv qo'llanma, 2 ta monografiya, 5 ta tavsiyanoma, 2 ta o'quv-uslubiy qo'llanma, 2 ta ilmiy-uslubiy qo'llanma chop ettirdim va «O'simliklarning karantin zararkunandalari», «O'simliklarning karantin zararkunandalari va kasalliklari», «O'simliklar karantinida ilmiy-tadqiqot uslublari» va boshqa fanlardan darslik va o'quv qo'llanmalar hammualliflikda chop ettirdim. 
    Uylanganman. Xotinim – Norboboeva Nodira Ozodovna, 1982 yilda tug'ilgan, Toshkent shahri, M.Ulug'bek tumanidagi profilli mehnat ta'limiga ixtisoslashgan umumta'lim davlat maktabi (PMTIUDM) o'qituvchisi.
    Farzandlarim Xushvaktov Komronbek, 2004 yilda tug'ilgan xalqaro Vestminter lisey o'quvchisi, Xushvaktov Oybek, 2007 yilda tug'ilgan Toshkent shahri, M.Ulug'bek tumanidagi PMTIUDM maktabi o'quvchisi, Xushvaktova Xonzoda, 2013 yilda tug'ilgan Toshkent shahri, M.Ulug'bek tumanidagi PMTIUDM maktabi o'quvchisi.

  • Majburiyatlari Uz

Xavfli va karantindagi begona o'tlarni o'rganish va qarshi kurashish laboratoriyasi mudiri

Turdieva Nilufar Muminovna

Telefon: +998 (97) 750-43-87 (+99871)203-92-92 (3022)

Elektron pochta: xolovshohrux@gmail.com

Qabul kunlari: Shanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • Турдиева Нилуфар Мўминовна 1977 йил 4 чи майда Самарқанд вилояти, Иштихон тумани, Баҳрин қишлоғида туғилган. Самарқанд қишлоқ хўжалик институти, агрономия факултетини 1999 йилда, 2001 йилда Тошкент давлат аграр университети «Дала экинлари селекцияси ва уруғчилиги» мутахассислиги бўйича магистратурани тамомлаган. Ўзбекистон пахтачилик илмий тадқиқот институтида 2007 йил 6 мартда 01.06.09-Ўсимликшунослик ихтисослиги бўйича «Самарқанд вилоятининг ўтлоқи бўз тупроқларида экиш муддати ва меъёрининг қаттиқ буғдой ҳосилдорлигига таъсири» мавзусида номзодлик, 2016 йилда 01.06.08-Ўсимликшунослик ихтисослиги  бўйича “Зарафшон водийсида қаттиқ буғдой етиштириш технологияси” мавзусида докторлик диссертациясини ёқлаган, 2014 йил 30 декабрда ОАК томонидан катта илмий ходим унвонини, 2018 йил 13 сентябрда Россия табиий фанлари академиясининг профессор унвонини, 2020 йилда профессор унвонини олган.
    Н.Турдиева ўз илмий ишлари юзасидан 110 дан ортиқ илмий мақола ва тезислар чоп этган, бир неча факултет талабалари фойдаланиши мумкин бўлган “Микробиология”, “Ўсимликлар физиологияси ва биохимияси” фанларидан 2 та ўқув услубий қўлланма, 1 та монография ва “Индигофера ўсимлигини етиштириш, табиий буёқлар биотехнологияси ва тупроқ экологиясини яхшилаш”. Фермерлар учун ўқув-амалий қўлланма (ўзбек, рус,инглиз тилда), “Ғўза майдонларида гербицид қўллашга доир тавсиянома”, “Ғаллазорларда гербицид қўллашга доир тавсиянома”, “Дон ва дон дуккакли экинлар биологияси ва етиштириш технологияси” номли дарслик, “Ўсимликшунослик ва пахтачилик” ўқув қўлланма, “Ғалла майдонларида учрайдиган бегона ўтларга қарши курашиш чоралари” монография, “Соя ҳосили ва дон сифатини оширишда гербицид ҳамда микроэлементларни қўллаш бўйича тавсиянома”, “Маккажўхори далаларида бегона ўтларга қарши кураш бўйича тавсиянома” ҳаммуаллифликда чоп этган.
    Турдиева Нилуфар Мўминовна 2009-2010 йилларда (ПМГ ГЭФ UZB/SGP/OP4/V2/CORE/2009) “Культивирование растения Индигоферы, биотехнология натурального красителя и улучшение деградированных земель” мавзусидаги халқаро лойиҳада маслаҳатчи, 2010-2011 йилларда Республика Фан технология Марказининг ИТД-8. “Техник, мойли, дон, сабзавот-полиз, картошка, мевали, ўрмон ва бошқа экинлардан маҳсулот олишнинг юқори самарадор ва ресурстежамкор агро ва биотехнологияларни яратиш, уларни касаллик ва зараркунандалардан ҳимоя қилишнинг экологик соф самарали усулларини такомиллаштириш” дастури доирасида ҚХАЁ-8-06-рақамли “Республикамиз кузги буғдойзорларини (Қаттиқ буғдой) бегона ўтлардан ҳимоя қилишнинг экологик соф, истиқболли, самарадор ва ресурс тежамкор агротехнологиясини яратиш” лойиҳаси раҳбари, 2010-2012 йилларда “Ўзбекистон шароитида ғўза, бошоқли дон ва такрорий экинлар далаларида учрайдиган кўп йиллик ғалласимон бегона ўтларга қарши агротехник, киёмвий кураш чораларини ишлаб чикиш ва жорий этиш” мавзусидаги лойиҳада бажарувчи, 2012-2015 йилларда ҚХА-9-059-рақамли “Қишлоқ хўжалик экинларини янги жойлаштириш тизимида кўп йиллик бегона ўтларга қарши кураш чораларини такомиллаштириш”, 2015-2018 йилларда ҚХА-9-110-2015-рақамли “Интенсив боғ ва токзорларда бегона ўтларга қарши гербицидларни қўллаш тизимини яратиш” мавзуларидаги лойиҳа раҳбари сифатида фаолият кўрсатган.
    Ўзбекистон Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмй-тадқиқот институтида “Бегона ўтларга қарши кураш чораларини такомиллаштириш” лабораториясида катта илмий, А-ҚХ-2019-39-рақамли “Ғўзада беда қандаласи ва бошқа тур ўсимликхўр қандалаларга қарши курашда самарали агротехнологияларни ишлаб чиқиш” мавзусидаги лойиҳада етакчи илмий ходим бўлиб ишлаган.
    -Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта таълим вазирлиги Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети Республика тил таълим маркази қошида 3 ойлик яъни 228 соатлик жадал немис тили курсини битириб, 5 баҳо билан синовдан ўтган. (12.03.2001.Сертификат № 1052). 
    -Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта таълим вазирлиги томонидан ўтказилган “ Аспирант, докторант ва тадқиқотчиларнинг республика илмий амалий анжумани ва илмий ишлар танлови” нинг якуний босқичида “Қишлоқ ва сув хўжалиги. Ер ва сув ресурслари” йўналишлари бўйича олиб борилаётган илмий тадқиқот ишлари натижалари юқори баҳоланганлигини эътиборга олиб, анжуман ташкилий қўмитаси фахрий ёрлиқ билан тақдирлаган. 17.03.2007. №104.
    -Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлигининг ёш олимлар, аспирантлар ва тадқиқотчилар учун таъсис этилган степендияси 2007 йил танловнинг қишлоқ хўжалиги йўналиши бўйича ғолиби бўлгани учун берилган. 27 январ, 13-сонли буйруқ (Гувоҳнома №11).
    -Педагогик малакани ошириш мақсадида Тошкент Давлат техника университети қошидаги Олий инженерлик педагогика институтида 2008 йил  10 ноябрдан 12 декабргача «Педагогик технология ва педагогик маҳорат» малака ошириш 144 соатлик курсини тўлиқ ўтди (Сертификат № 030451).
    -UNESCO, GEF, SGP, UNDP. Ургенч давлат университети Ал Хоразмий филиали ассоциациаси, Ўзбекистон республикаси фермерлар уюшмасига қарашли “Индиго Жонибек” хусусий корхонаси  томонидан ўтказилган “Культивирования, биотехнология индигоферы и экологическое улучшение дегродированных земель” ўқув семенарини тамомлаган. (Сертификат № 34). 
    -Ўсимликшунослик соҳасидаги улкан муваффақиятлари, илмий фаолияти, маънавий маърифий ишларда фаоллигини ҳисобга олиб тошкент вилояти “Олима” аёллар уюшмаси нинг 6 март 2013 йил №26 асосан фахрий ёрлиқ билан тақдирланган. 
    -Ўзбекистон Республикасининг “Обод турмуш” йили давлат дастурида белгиланган вазифаларни ижросини таъминлаш, мамлакатда амалга оширилаётган кенг қамровли ислоҳатларни ҳаётга тадбиқ этиш ва хотин-қизлар илмий салоҳиятини юксалтиришга қаратилган Ўзбекистон “Илм юлдузлари” интеллектуал кўрик-танловида муваффақиятли иштироки учун тақдирланган. (Сертификат 2013.03.12.). 
    “Инновационные технологии в растениеводстве и сохранении продукции” 26.04-20.05.2015 йил Исроил давлатида малака ошириб келган. (StatofIsraelMASHAV, CINADCO).
    -Педагогик малакани ошириш мақсадида Тошкент Давлат техника университети қошидаги Олий инженерлик педагогика институтида 2016 йил  1 январдан 1 мартгача «Педагогик технология ва педагогик маҳорат» малака ошириш 144 соатлик курсини тўлиқ ўтди (Сертификат № 002870).
    Ҳиндистон давлатида инглиз тили курсини тамомлаган. Basic at English And Foreign languages university Commencing: From13.06.2017to01.09.2017. 
    Хитой давлатида 2018.10.10-2018.10.30 гача “Agricultural Planting for the countries along The Belt and Road”ўқув семинарида қатнашиб сертификат олган. №18А1534005.
    2018 йил Россия табиий фанлари академияси томонидан профессор унвони берилган, академияга аъзоликка қабул қилинган, “Хизмати учун” орден,  “Олий маълумотлилар  ўртасида новаторлик иши учун” олтин медал, “Хизмат кўрсатган фан арбоби” фахрий ёрлиғи ва нишони, “Европа сифати” олтин медаллари билан тақдирланган ва халқаро миқёсида “Таниқли олимлар” энциклопедиясига киритилган (8 ноябрь 2018 йил баённомаси асосида).
    2019 йил 14 октябрдан 17 октябргача Қирғизистон Республикасида бўлиб, “Развитие потенциала женщин Центральной Азии для адаптации к изменениям климата и повышения безопасности продовольствия и питания” 2019 ўқув курсида иштирок этиб сертификат олинган. 
    2019 йил 21 августдан 23 августгача Ўзбекистон Республикаси Олий ва махсус таълим вазирлиги ҳузуридаги Бош илмий-методик марказда ташкил этилган жами 18 соатлик Олий таълим муассасалари раҳбар ва педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш курсларида ўқув машғулотларини олиб борадиган профессор ўқитувчилар учун тренинг курсларида иштирок этган (Сертификат №00226).
    2020 йил 1 февралдан 29 февралгача Тошкент давлат аграр университети ҳузуридаги Педагогик кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш тармоқ марказида Агрономия (деҳқончилик маҳсулотлари турлари бўйича) қайта тайёрлаш курсида малакасини оширди (Малака аттестати МА №025946).
    International Journal of Academic Multidisciplinary Research (IJAMR) ISSN: 2643-9670 Vol. 5 Issue 2, February - 2021, Pages: 249-251, International Journal of Academic Multidisciplinary Research (IJAMR) ISSN: 2643-9670 Vol. 5 Issue 2, February - 2021, Pages: 204-206, International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS) ISSN: 2643-640X Vol. 5 Issue 3, March - 2021, Pages: 179-182, International Journal of Academic Management Science Research (IJAMSR) ISSN: 2643-900X Vol. 5 Issue 3, March - 2021, Pages: 66-69 иштирок этиб сертификат олинган. 
    Н.М.Турдиева ўзининг илмий-педагогик фаолияти давомида 2 нафар фалсафа доктори (PhD) илмий ишини муваффақиятли ҳимоя қилган. Бугунги кунда 2 нафар мустақил тадқиқотчи, 2 нафар таянч докторантларнинг илмий ишларига раҳбарлик қилиб келмоқда. Шу қаторда, унинг илмий раҳбарлигида Аграномия ва Фермер хўжалигини бошқариш йўналишлари бўйича мавзуларда 3 нафар магистрларнинг диссертация ишларига ва 30 дан ортиқ бакалаврларнинг битирув малакавий ишларига илмий раҳбарлик қилган 
    Ҳозирги кунда “Хавфли ва карантиндаги бегона ўтларни ўрганиш ва қарши курашиш” лабораторияси мудири, Тошкент давлат аграр университети, агробиология факултети, “Ўсимликшунослик” кафедраси профессори, “Қишлоқ хўжалиги экинлари орасида учрайдиган бегона ўтларга қарши курашиш” мавзусидаги амалий лойиҳада катта илмий ходим сифатида илмий-тадқиқот ишларини олиб бормоқда. 
    Пахта селекцияси уруғчилиги ва етиштириш агротехнологиялари илмий-тадқиқот институти ҳузуридаги DSc. 27.06.2017.Qx42.01-рақамли қишлоқ хўжалиги фанлари бўйича фан доктори (DSc) ва фалсафа доктори (PhD) илмий даражаларини берувчи илмий семинарининг аъзоси сифатида иштирок этиб келмоқда.
    Турдиева Нилуфар Мўминовна доимий равишда ўз малакасини, илмий-назарий савиясини ошириш устида қатъият ва сабр-тоқат билан ишлайди. Оилавий, икки нафар фарзанди бор.
    Турдиева Нилуфар Мўминовна кейин ҳам Республикамизда олиб борилаётган ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишда, юртимиз тараққиёти йўлида ўз билим ва салохиятини қўшишига ишонч билдирамиз 
     

  • Majburiyatlari Uz

Qishloq xo'jaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilg'or texnologiyalarini joriy etish laboratoriyasi mudiri

Nurmuxamedov Dilmurod Nabievich

Telefon: +99871)203-92-92 (3016)

Elektron pochta: xolovshohrux@gmail.com

Qabul kunlari: Shanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • Нурмухамедов Дилмурод Набиевич 1955 йил 4 январда Тошкент шаҳрида зиёлилар оиласида туғилган. 1962 йили Тошкент шаҳри, Октябрь туманидаги 81-сон ўрта умумтаълим мактабига ўқишга бориб, мактабни 1972 йили имтиёз билан тугатган.
    1972 йили кириш имтихонларидан муваффақият билан ўтиб Тошкент Қишлоқ хўжалиги институтининг Ўсимликларни ҳимоя қилиш факультетига ўқишга қабул қилинди. Мазкур институтни 1977 йили тугатиб Ўсимликларни ҳимоя қилиш бўйича олим-агроном мутахассислигига эга бўлди. 1976-1978 йилларда Ўрта Осиё Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институтида лаборант лавозимида мехнат қилди. 
    1978-1981 йилларда мазкур институтда кундузги аспирантурада тақсил олди. 1988 йили Ленинград шаҳридаги Бутуниттифоқ Ўсимликларни ҳимоя қилиш илмий-тадқиқот институтида (ВНИИЗР) биология фанлари номзоди илмий даражасини эггалаш учун номзодлик диссертациясини ҳимоя қилди.
    1982-2003 йиллар давомида Тошкент Қишлоқ хўжалиги институтида (ҳозирги Тошкент Давлат аграр университети) дастлаб ассистент, сўнгра доцент сифатида талабаларга Зоология, Умумий энтомология, Илмий-тадқиқот асослари каби фанлардан сабоқ берди. 2003-2021 йиллар мобайнида Давлат кимё комиссияси Ишчи органида етакчи мутахассис, бош мутахассис, директор ўринбосари лавозимида хизмат қилди.
    2021 йил ноябр ойидан Ўсимликлар карантини ва ҳимояси ИТИда лаборатория мудири сифатида ишлаб келмоқдаман.  
    Лавозим мажбуриятлари. Лаборатория илмий ходимлари томонидан бажариладиган илмий изланишлар, лойиҳалар ва уларнинг натижаларини амалиётга тадбиқ қилиниши бўйича умумий раҳбарликни амалга оширади. Лабораториянинг кўп йиллик (переспектив), бир йиллик ва чораклар бўйича иш режаларини ишлаб чиқади ва тасдиқлашга тақдим этади.
    Илмий мавзуларни шакллантиради, уларни мақсад ва вазифаларини белгилайди. Мавзулар бўйича календар режалар, иш дастурлари тузишни бошқаради ва уларни ўз вақтида сифатли бажарилишини таъминлайди. Мавзулар бўйича ҳисоботларни тайёрлаш, уларнинг муҳокамасини ўтказиш, топширилишини назорат қилиш ва уларни жорий қилишга топшириш ишларини амалга оширади. Илмий изланишлар натижаларини чоп этилинишини, уларни илмий конференциялар, семинарларда муҳокама этилишини бошқаради. 
    Қишлоқ хўжалиги экинларининг зарарли организмларига қарши курашишнинг илғор технологияларини жорий этишбўйича тавсиянома, қўлланма ва йўриқномалар ишлаб чиқади. Хорижий матбуотларда ва маҳаллий журналлар ҳамда конференцияларга мақолалар чоп этиш учун тақдим этади. Илмий тадқиқот натижаларини амалиётда қўллаш бўйича таклифлар тайёрлайди. Ўсимликлар ҳимояси соҳаси бўйича магистр ва докторантларнинг илмий ишларига раҳбарликни амалга оширади. 
     Лабораториянинг ярим йиллик ва йиллик ҳисоботларини сифатли тайёрлаши ва раҳбариятга тақдим этишини уюштиради. 
    Соҳага оид инновацион ва илмий-амалий лойиҳалар ишлаб чиқади ва унга раҳбарликни амалга оширади.Лаборатория (лойиҳа) ходимларини танлаш, уларнинг меҳнатига ҳақ тўлашни, рағбатлантириш ишларига бошчилик қилади. Ходимлар меҳнатини ташкил қилиш, техника хавфсизлиги ва ёнғин хавфсизлиги қоидаларига риоя қилишни таъминлайди.
     

  • Majburiyatlari Uz

Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi mudiri

Murodov Baqojon Egamberdiyevich

Telefon: (+99871)203-92-92 (3014)

Elektron pochta: abduboqiy@bk.ru

Qabul kunlari: Chorshanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • 1989-1990 йй. - Бухоро вилояти Ғиждувон тумани “Ф.Хўжаев” фермер хўжалигининг аъзоси

    1990-1995 йй. - Тошкент Давлат Аграр университетининг талабаси

    1995-1998 йй. - Тошкент давлат аграр университетининг  аспиранти

    1998-2002 йй. - Тошкент давлат аграр университетининг  Энтомология ва ўсимликларни уйғунлашган ҳимоя қилиш кафедраси ассисенти.

    2002-2005 йй. - Тошкент давлат аграр университетининг Ўсимликларни ҳимоя қилиш кафедраси катта ўқитувчиси

    2005-2006 йй. - Тошкент давлат аграр университетининг Ўсимликларни ҳимоя қилиш кафедраси доценти

    2006 й. – 2017 йй   - Ўсимликлар карантини Бош давлат инспекциясининг Марказий лаборатория мудири

    2017 й. – 2022 йй.   – Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўсимликлар карантини давлат инспекцияси бошлиғи ўринбосари

    2022 й.-х.в - Ўсимликлар карантини ва ҳимояси ИТИ лаборатория мудири

     

     

    Murodov Baqojon Egamberdi o‘g‘li 1972 yil 10-oktabrda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan.  1990-1995 yillarda Toshkent davlat Agrar universitetining O‘simliklarni himoya qilish fakultetini tamomlagan. 1995-1998 yillarda Toshkent davlat Agrar universitetining aspiranturasida o‘qigan. 
    2004 yilda “Unabi meva pashshasining bioekologiyasi va unga qarshi kurash choralari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Biologiya fanlar nomzodi  - dotsent. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan “TAShAKKURNOMA” bilan taqdirlangan.

    B.Murodov o‘z ilmiy ishlari yuzasidan 2 ta – “Entomologiya va fitopatologiya” (A.Sheraliev hammuallifligida) va  “O‘simliklar karantinida fitosanitar nazorat” (X.Kimsanboev., O.Sulaymonov., J.Yaxyoevlar hammuallifligida) nomli kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari foydalanishlari uchun kitob chop etilishida hammualliflik qilgan. Undan tashqari o‘simliklarni himoya qilish sohasida 100 ga yaqin maqola va tezislar muallifi hisoblanadi.

    Hozirda O‘simliklar karantini va himoyasi Ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

  • Majburiyatlari Uz

Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi

Obidjanov Dilshod Axmed Xo'ja O'gli

Telefon: +99871)203-92-92 (3018)

Elektron pochta: dilshodobidjanov74@gmail.com

Qabul kunlari: Chorshanba 10:00 dan 13:00 gacha

  • 1990-1995 yy. -          Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

    1995-2002 yy. -          Xorazm viloyati Shovot tumani Bog‘u-Bo‘ston xususiy kichik korxona bosh mutaxassisi

    2002-2005 yy. -          Xorazm viloyati Shovot tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi urug‘chilik bo‘yicha yetakchi mutaxassisi.

    2005-2007 yy. -          Xorazm viloyati Shovot tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi bosh hosiloti.

    2007-2010 yy. -          Xorazm viloyati Shovot tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha 1-o‘rinbosari.

    2010-2013 yy. -          Xorazm viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi “Sabzavotchilik-polizchilikni, bog‘dorchilikni, uzumchilikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” sektori boshlig‘i.

    2013-2014 yy. - Xorazm viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi “Iqtisodiy taxlil, shartnomaviy munosabatlar, qishloq infrastrukturasi va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i.

    2014-2016 yy.  - O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi.

    2015-2016 yy. – Ichki o‘rindosh sifatida  O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti  KXA-9-061-2015 loyiha rahbari.

    2016-2016 yy. - Ichki o‘rindosh sifatida O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti  KXA-9-061-2015 loyiha rahbari va KXI-5-108-2016 loyiha katta ilmiy xodimi.

    2017-2018 yy. - O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti MChJ  KXA-9-061-2015 loyiha rahbari va ichki o‘rindosh sifatida KXI-5-108-2016 loyiha katta ilmiy xodimi.

    2018-2020 yy. – O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti MChJ BV-I-KX-2018-67-sonli loyiha rahbari, ichki o‘rindosh sifatida BV-A-KX-2018-309  va  BV-A-KX-2018-306-sonli  loyihalar katta ilmiy xodimi.

    2020 y. – O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti MChJ KX-Atex-2018-(152+349) loyiha rahbari, ichki o‘rindosh sifatida BV-A-KX-2018-309 loyiha katta ilmiy xodimi.

    2020-2021 yy. – Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining ilm fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.

    2021-2022 yy. – Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining O‘simliklarni himoya qilish va karantini laboratoriya mudiri.

    2022-2023 yy. – Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Ilmiy kotibi.

    2023-2024 yy. – O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining Ilmiy kotibi.

    2024 y. – h.v. – O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi mudiri.

  • Majburiyatlari Uz