Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzGʻoʻza, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
Laboratoriya tuzilmasi:
Laboratoriya mudiri: q/x.f.d.. professor Abbosxon Marupov.
Etakchi ilmiy xodim: q/x.f.n., Shavkatbek Mamadaliev.
Katta ilmiy xodim: Madina Rasulova.
Kichik ilmiy xodim: Gulshoda To‘ramurotova.
Laborant: Feruza Mamadalieva.
LABORATORIYA TARIXI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida» 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga muvofiq O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “G‘o‘za, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi” tashkil etildi.
Laboratoriyaning o‘z nizomi, xodimlarning lavozim malaka yo‘riqnomasi va institut direktori tomonidan har yil uchun tasdiqlanadigan Ish rejasi dasturi mavjud.
Laboratoriyaning asosiy faoliyati.
G‘o‘za, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi g‘o‘za, sabzavot, poliz va kartoshka yetishtiradigan dehqon - fermer, agroklaster, shaxsiy tomorqa maydonlarida monitoring ishlarini olib borish, zararli organizmlar bilan zararlanish holatini o‘rganish, aniqlash va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari bo‘yicha dehqon - fermer, agroklaster xodimlari, shaxsiy tomorqa yer egalariga ilmiy, amaliy maslahatlar berish, zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimida boshqarish (IPM) o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib boradi.
Shuningdek, karantin inspektorlari, dexqon-fermer, klaster va tomorqa yer egalarining amaliyotda foydalanish uchun uyg‘unlashgan himoya qilish choralari dasturlar tayyorlashdan iborat.
Shu bilan birga, soha vakillarini malakasini oshirish va amaliy ko‘nikmalar berish uchun xududlarda o‘quv-amaliy seminarlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari.
G‘o‘za, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlariga katta iqtisodiy zarar yetkazadigan zararli organizmlarni aniqlash, ularga qarshi qarshi uyg‘unlashgan kurash uslublarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha takliflarni taqdim etish, zumburug‘larning shtammlarini “in-vitro” kolleksiyasi va ma’lumotlar bazasini yaratish, g‘o‘za, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish;
Shuningdek, doimiy ravishda shu soha vakillariga bilim berish, ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlashda va o‘quv - amaliy seminarlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadi.
Laboratoriyaning asosiy funksiyalari.
G‘o‘za, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida keng tarqalgan katta iqtisodiy zarar yetkazadigan zararli organizmlarni aniqlaydi, ularning bioekologiyasi rivojlanishini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqadi. Respublika xududida tarqalgan ichki karantindagi zararli organizmlarni bioekologiyasi, tarqalish areali va qarshi kurash choralari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.
Yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-texnik faoliyat olib boradi, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha laboratoriya yo‘nalishi bo‘yicha sohalarda ilmiy-tadqiqot muassasa va tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik ishlarini olib boradi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqadi.
Shuningdek, belgilangan laboratoriya yo‘nalishi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratadi.
Laboratoriyaning natijalari: (2021-2023)
Laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan xududlardagi g‘o‘za, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini zararli organizmlari monitoring qilinib, ularni yetkazadigan zarari o‘rganiladi. Monitoring jarayonida zararlangan o‘simliklar kasalliklarini aniqlash uchun na’munalar olinadi. Olingan na’munalar laboratoriya sharoitida o‘rganiladi va kasalliklari aniqlanadi.
Aniqlangan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash choralari ishlab chiqilib, dehqon - fermer, agroklaster va tomorqa yer egalariga tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.
Hozirgi paytda respublikaning ko‘plab xududlarida g‘o‘za o‘simligining vilt kasalligi zarar yetkazib kelmoqda. Bu hol ayniqsa Buxoro, Navoi, Kashqadaryo, Surxandaryo, Namangan va boshqa viloyatlarda kuzatilmoqda.
Shu sabab O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2021 yil 25 may sanasidagi o‘simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda Buxoro viloyatida vilt kasalligini keltirayotgan zarari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan kelib chiqib, laboratoriya olimlari tomonidan Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Robatak MFYda joylashgan “O‘ktam Ibroxim To‘xli” fermer xo‘jaligida va Jondor tumanida viloyat fermerlari va klasterlariga “G‘o‘zaning vilt kasalligi va unga qarshi kurash choralari” mavzusida amaliy-seminarlarda ma’ruza bilan qatnashishdi.
Seminarda vilt kasalligining kelib chiqishi, zarar va ularga qarshi kurash choralari bo‘ycha 10 ga yaqin taklif va tavsiyalar berildi.
O‘zbekistonda ilk bor Buxoroda viloyatida viltga qarshi yangi innovatsion izlanishlar olib borilib, “G‘o‘za viltiga qarshi kurashda tuproqqa ishlov berish usuli” bo‘yicha 2021 yilda IAP 06487 raqamli Patent olingan, yangi g‘o‘za nav va tizmalarni viltga chidamliligi o‘rganilib borilmoqda.
Hozirgi paytda olingan natijalar bo‘yicha seleksioner olimlarga viltga chidamli navlar yaratishda tavsiyalar berib borilmoqda.
Laboratoriya faoliyati davomida MO‘-F3-201 908 015 son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “G‘o‘za ekin maydonlarida keng tarqalgan Verticillium dahliae Klebahn va Fusarium sp. zamburug‘larining shtammlarini in-vitro kolleksiyasini va ma’lumotlar bazasini yaratish (Farg‘ona vodiysida)” mavzusidagi loyihani amalga oshirilmoqda.
Laboratoriyada mustaqil izlanuvchi A.Raxmatov qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy unvoni uchun “O‘zbekistonning turli iqlim sharoitlarida tokni kasalliklardan himoya qilishning ilmiy asoslari” mavzusi bo‘yicha dissertatsiyasi ishlarini yakunlab himoyaga utmoqda. Mustaqil izlanuvchi Yu.Bo‘ronov qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy unvoni uchun “Moyli o‘simliklar kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini yakunlash arafasida. Laboratoriyaning kichik ilmiy xodimi, mustaqil izlanuvchi G.To‘ramuratova tomonidan “O‘zbekistonning turlicha tuproq sharoitlarida g‘o‘zaning vilt kasalligini tarqalishi va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqish” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi tayyorlandi va himoya qilish arafasida turibdi.
Shu bilan birga laboratoriya xodimlari tomonidan O‘zbekiston teleradiokanallarida 4 ta chiqishlar (intervyu) qilindi va DM “Agroinnovatsiya” va sohaga oid tashkil etilgan ko‘rsatuvlarda ishtirok etib kelinmoqda.
Xududlarda dehqon - fermer, agroklaster va tomorqa yer egalariga tashkil etilgan 20 ga yaqin amaliy seminarlarda laboratoriya olimlari tomonidan yo‘nalishga oid mavzularda ma’ruzalar bilan ishtirok etildi.
Laboratoriya faoliyat davomida 1 ta patent, 5 ta tavsiyanoma, sabzavot ekin turlari bo‘yicha 4 ta IPM, 7 ta tarqatma (flaer) materiallari, 16 ta ilmiy maqolalar tayyorlandi. Maqolalarning 2 tasi chet elda SCOPUS bazasidagi jurnallarda chop etildi.
Laboratoriyada Toshkent Davlat Agrar universitetining bakalavr talabalari va magistrlar talabalari amaliyotlar o‘tab kelmoqda.
Jumladan, joriy yilda 12 ta bakalavr talaba va 4 ta magistrlar amaliyot o‘tash davrida o‘z malakalarini oshirdi.
- Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi
- Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Gʻoʻza, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish laboratoriyasi
- Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi
- Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi
- Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
- Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi
- Bogʻ, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Manzarali va oʻrmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi