Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzManzarali va oʻrmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
Laboratoriya tuzilmasi:
Laboratoriya mudiri: q.x.f.f.d. Zafar Nafasov;
Yetakchi ilmiy xodim: q.x.f.d. Xoshim Yaxyayev;
Katta ilmiy xodim: Nodir Allayarov;
Kichik ilmiy xodim: Mansur Muminov;
Katta laborant: Nozima Arslonova.
LABORATORIYANING TARIXI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida» 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida» qaroriga muvofiq O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Manzarali va o‘rmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyaning o‘z nizomi, xodimlarning lavozim malaka yo‘riqnomasi hamda institut direktori tomonidan har yil uchun tasdiqlab beriladigan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlar dasturi mavjud.
LABORATORIYANING ASOSIY FAOLIYATI:
Manzarali va o‘rmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi hozirda Respublikamizdagi mavjud o‘rmon xo‘jaliklari, manzarali daraxtlar ko‘chatlari еtishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmalari hududlarida еtishtirilib parvarishlanayotgan manzarali va o‘rmon daraxtlari va ko‘chatlariga zarar еtkazuvchi zararli organizmlarni o‘rganib, kuzatuv-nazorat ishlarini olib boradi, ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Mazkur yo‘nalishda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga tegishli tavsiyalar berish bilan birga IPM lar, bukletlar, tavsiyanomalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Manzarali va o‘rmon daraxtlariga iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan zararli organizmlarining biologik va ekologik xususiyatlari, ob-havo va boshqa tabiiy omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan qarshi kurash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.
Soha xodimlarini malakasini oshirish o‘quv-seminarlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:
Respublika hududida мanzarali va o‘rmon daraxtlariga katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarni o‘rganish asosida, ularga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Karantindagi va boshqa xavfli zararli organizmlar o‘choqlarini yo‘q qilish va ulardan xoli bo‘lgan hududlarni belgilash, ularning tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Manzarali va o‘rmon daraxtlarining xavfli zararli organizmlarini aniqlash va ularning diagnostikasining ekspress-usullarini hamda ularga qarshi kurashishning uslublarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Zararli organizmlarning мanzarali va o‘rmon daraxtlariga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularga qarshi kurashishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va yangi turdagi entomofaglarni iqlimlashtirishda ishtirok etish;
Respublika hududida еtishtiriladigan мanzarali va o‘rmon daraxtlarining zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarini ko‘payishini aniqlash, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, zarar keltirish darajasiga asoslangan holda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Respublikada “Organik qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirishda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof muhitga hamda inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xodimlari, fermer xo‘jaliklari xodimlari, agroklasterlar, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda ishtirok etish.
LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:
1) Respublika hududida manzarali va o‘rmon daraxtlariga iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarning xavfi tahlilini o‘tkazish va ularning tarqalishini oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan qarshi kurashish choralar ishlab chiqish sohasida:
2) manzarali va o‘rmon daraxtlariga iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlar o‘choqlarini aniqlash va ulardan xoli bo‘lgan hududlarni belgilash, ularning tarqalishini oldini olish hamda ularga qarshi kurashish dasturlarini ishlab chiqish sohasida:
3) manzarali va o‘rmon daraxtlari zararli organizmlarini zamonaviy himoya tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy loyihalar amalga oshiriladi.
4) manzarali va o‘rmon daraxtlarining zararli organizmlarining biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi areali, rivojlanish fenologiyasi, zarari va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va ularni samarali qo‘llash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib boradi;
5) zararli organizmlarni o‘rganish, oldini olish, uyg‘unlashgan qarshi kurash tadbirlari bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
6) ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni shuningdek, ishlab chiqarishga beriladigan o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyanomalarni tayyorlash va nashr qilish;
7) o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha jahonda va respublikamizda erishilgan fan yutuqlari, ilg‘or tajribalarni o‘rganadi va ularni umumlashtiradi;
8) ilmiy xodimlarni malakasini oshiradi, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilarni yuqori malakali kadr qilib tayyorlaydi
9) kasallik va zararkunandalarga qarshi ilg‘or usullar yordamida kurashadigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi;
10) manzarali va o‘rmon daraxtlarini zararli organizmlariga qarshi kurash laboratoriyasi 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo‘yicha talabgorlarni laboratoriyada dastlabki ma’ruzasini eshitadi va xulosa beradi.
11) 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish mutaxasisligi bo‘yicha buyurtma asosida respublika korxonalari va chet el firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan pestitsidlarni zararli organizmlarga qarshi sinovdan o‘tkazib xulosalar beradi.
12) Laboratoriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023)
Manzarali, o’rmon va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta tavsiyanoma, 3 ta IPM, 27 ta maqola (1 ta Scopus xalqaro bazasida) chop etildi va MTRK da 15 dan ortiq sohaga oid ko‘rsatuvlarda, radio eshittirishlarda ishtirok etildi.
Zararli organizmlarga qarshi yangi kimyoviy vositalar sinov-tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatildi. Bunda, 24 ta (5 ta fungitsid, 19 ta insektoakaritsidlar) kimyoviy preparatlar sinov-tadqiqot o‘tkazilib, amaliyotga tavsiya etilgan.
Qishloq xo‘jaligining 20 turdagi zararli organizmlarining 1200 dan ortiq kolleksiyalari yaratildi.
Mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermer va o‘rmon xo‘jaliklar va agroklasterlarga 20 ta ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlar tashkil etildi.
AL-4721071133 – “Manzarali daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilishning yangi agrotexnologiyasini yaratish” mavzusidagi 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan amaliy loyiha loyihalar tanloviga topshirilib, g’olib deb topildi va hozirgi kunda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo‘yicha 1 ta DSc va 1 ta PhD talabgorlarni laboratoriyada dastlabki ma’ruzasini eshitildi va xulosalar berildi.
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishi
Laboratoriya xodimlaridan bir nafari 2023-yil 16-yanvardagi 15/164-sonli buyrug‘iga asosan Hindiston davlatining Haydarobod shahrida 19-yanvardan 30-yanvarga qadar Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ITEC) tomonidan tashkil etilgan o‘quv-kurslaririda qatnashib malaka oshirib, mazkur institutning sertifikatini qo‘lga kiritdi.
- Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi
- Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Gʻoʻza, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish laboratoriyasi
- Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi
- Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi
- Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
- Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi
- Bogʻ, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Manzarali va oʻrmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi