Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi

Laboratoriya tuzilmasi:

Laboratoriya mudiri:                v.b. Jo‘rabek Yahyoyev;

Yetakchi ilmiy xodim:             b.f.f.d., Dilshod Musayev;

                                               q.x.f.f.d., Lola Abduvosiqova;

Katta ilmiy xodim:                           Bekzod Sobirov;

                                               Samad Utaganov;

Kichik ilmiy xodim:                         Jo‘rabek Yahyoyev;

Katta laborant:                         Noila Yaxyoyeva.

 

LABORATORIYANING TARIXI:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida» 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi ayrim tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021-yil 8-oktabrdagi 628-son qaroriga muvofiq O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyaning o‘z nizomi, xodimlarning lavozim malaka yo‘riqnomasi hamda institute direktori tomonidan har yil uchun tasdiqlab beriladigan yo‘l xaritasi va chora-tadbirlar dasturi mavjud.

 

LABORATORIYANING ASOSIY FAOLIYATI:

Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi hozirda Respublika xududida tarqalgan ichki karantindagi va iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarning joylarda tarqalishini, rivojlanishini va zarar yetkazish darajasini o‘rganish maqsadida qishloq xo‘jiligi ekinlar maydonlari va o‘rmon fondi yerlari, aholi yashash maskanlari hamda shaxsiy tomorqalarda fitosanitariya holatini aniqlash maqsadida dala kuzatuv-nazorat ishlarini o‘tkazilishi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish uchun ilmiy izlanishlar olib boradi.

O‘simliklar karantini va iqtisodiy jihatdan xavfi yuqori bo‘lgan zararli organizmlarining biologik va ekologik xususiyatlari, ob-havo va boshqa tabiiy omillarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan fitosanitar xavf tahlillarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.

Soha xodimlarini malakasini oshirish o‘quv-seminarlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

 

LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:

Respublika hududida katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarning fitosanitar xavfi tahlilini o‘tkazish va ular kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar choralar ishlab chiqishda ishtirok etish;

Karantindagi va boshqa xavfli zararli organizmlar o‘choqlarini yo‘q qilish va ulardan xoli bo‘lgan hududlarni belgilash, ularning tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

Karantin obyektlari va o‘simliklarning boshqa xavfli zararli organizmlarini aniqlash va ularning diagnostikasining ekspress-usullarini hamda ularga qarshi kurashishning uslublarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

Zararli organizmlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularni zararsizlantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va yangi turdagi entomofaglarni iqlimlashtirishda ishtirok etish;

Respublika hududida yetishtiriladigan g‘o‘za, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarini ko‘payishini oldindan aniqlash, bioekologik hususiyatlarini o‘rganish, zarar keltirish darajasiga asoslangan holda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va fan yutuqlarini ishlab-chiqarishga joriy etishda ishtirok etish;

Respublikada “Organik qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirishda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof muhitga hamda inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

Agentlik xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda ishtirok etish.

 

LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:

a) respublika hududida katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarning fitosanitar xavfi tahlilini o‘tkazish va ular kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar choralar ishlab chiqish sohasida:

b) karantindagi va boshqa xavfli zararli organizmlar o‘choqlarini yo‘q qilish va ulardan xoli bo‘lgan hududlarni belgilash, ularning tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish dasturlarini ishlab chiqish sohasida:

d) karantin obyektlari va o‘simliklarning boshqa xavfli zararli organizmlarini aniqlash va ularning diagnostikasining ekspress-usullarini hamda ularga qarshi kurashishning uslublarini ishlab chiqish sohasida:

e) zararli organizmlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularni zararsizlantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va yangi turdagi entomofaglarni iqlimlashtirish sohasida:

f) respublika hududida yetishtiriladigan g‘o‘za, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarini ko‘payishini oldindan aniqlash, bioekologik hususiyatlarini o‘rganish, zarar keltirish darajasiga asoslangan holda ularga qarshi kurash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirish sohasida:

g) O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va fan yutuqlarini ishlab-chiqarishga joriy etish;

h) Respublikada “Organik qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirishda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof muhitga hamda inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni ishlab chiqish soxasida:

i) Agentlik xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida:

j) Laboratoriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023)

45 ta fitosanitar tadbirlarning xalqaro standartlari (FTXS) tarjima qilindi hamda milliy qonunchilikka impplementatsiya qilish nazarda tutilgan va qabul qilingan 21 ta halqaro fitosanitariya standartlari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlardan 15 ga yaqin fitosanitar tadbirlarning xalqaro standartlar ish faoliyatida foydalanish maqsadida impplementatsiya qilindi.

Laboratoriya ilmiy xodimlari hamda O‘simlilklar karantini va himoyasi agentligining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Xalqaro bozorga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish uchun 50 ga yaqin texnik ma’lumotlar tayyorlandi.

Laboratoriya ilmiy xodimlari hamda O‘simlilklar karantini va himoyasi agentligining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish uchun fitosanitar talablari ishlab chiqildi. XXRga 26 turdagi mahsulotlarni eksport qilish uchun fitosanitar ruxsatnoma qo‘lga kiritilgan. Ayni paytda 3 turdagi mahsulotlarga fitosanitar ruxsatnoma olish masalasi ishlab chiqilmoqda. Janubiy Koreya Respublikasiga 30 dan ortiq mahsulotni eksport qilish uchun ruxsat olingan. Yaponiyaga 50 dan ortiq mahsulotni eksport qilish uchun ruxsat olingan. AQShga 8 dan ortiq mahsulotni eksport qilish uchun ruxsat olingan.

Ilk marotaba fitosanitar xavf tahlili bo‘yicha 2 nafar (PhD) tayanch doktorantlarga ilmiy mavzular tanlab berildi.

O‘zbekiston Respublikasining fitosanitar tozaligini ta’minlashda, ya’ni, o‘simliklar xavfli zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 2 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 9 ta tavsiyanoma, 19 ta maqola (5 ta Scopus va 4 ta Web of Science xalqaro bazalarda) va 3ta risolalar chop etildi.

Zararli organizmlarga qarshi yangi kimyoviy vositalar sinov-tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatildi. Bunda, 21 ta (7 ta gerbitsidlar, 8 ta fungitsid, ta insektoakaritsidlar) kimyoviy preparatlar sinov-tadqiqot o‘tkazilib, amaliyotga tavsiya etilgan.

Qishloq xo‘jaligining 20 turdagi zararli organizmlarining 1000 dan ortiq kolleksiyalari yaratildi.

Mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 17 ta ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishi

Yevropa Ittifoqining “Ask Facility” dasturi texnik ko‘magida, Buyuk Britaniyaning CABI tashkiloti xalqaro ekspertlari ishtirokida o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish “IPM” tizimi bo‘yicha laboratoriyaning nafar soha mutaxassislari ToT (Training of trainers) kursida malakasi oshirilib, xalqaro sertifikatga ega Uyg‘unlashgan himoya qilish “IPM” tizimi murabbiylari tayyorlandi.