Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzZararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi
Laboratoriya tuzilmasi:
Laboratoriya mudiri: q.x.f.n., katta i/x Tillyaxodjaeva Nigora Ruzimatovna
Yetakchi ilmiy xodim: q.x.f.n. Avtonomov Vadim Anatolevich;
Katta ilmiy xodim: Qurbonova Nafosat Sattor qizi
Kichik ilmiy xodim: Karimova Rixsiniso
Laborant: Sobirova Munisa
LABORATORIYANING TARIXI:
O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining tashkil topishiga 1911 yilda Toshkent shaxrida taniqli entomolog-olim V.I.Plotnikov tashabusi bilan Turkiston entomologik stansiyasi tuzilishi asos bo‘lgan. Bu stansiya asosida 1925 yilda O‘zbekiston O‘simliklarni himoya qilish stansiyasi tashkil etilgan va 1931 yilda bu stansiya Butunittifoq paxtachilik instituti tarkibiga kirib, O‘simliklarni himoya qilish Markaziy laboratoriyasi deb atala boshladi. 1957 yilda O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti qilib qayta tashkillashtirildi.
1970 yillargacha qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan ximoya kilish fakat kimyoviy kurash usuliga karatilgan edi. Bu usulni foydali tomoni tez ta’sirchanligi bo‘lsa, shu bilan bir vaktda kup salbiy tomonlari xam bor. Bunga kuchli va o‘rta darajadagi kimyoviy zaxarlarii 4-6 marta, janubiy tumanlarda esa 6-8 martagacha samolet va traktor apparatlaridan issik kunda ishlatilishi natijasida go‘za va boshka ekinlarda, uni atrofidagi kishlok, tuman markazlarida va shaharlarda ekologik vaziyatni juda ogirlashib ketishi, insonlarni zaxarlanishiga, suv va suv xavzalarini ifloslanishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashkari tabiatdagi foydali hasharotlari kirilib ketishiga, biologik muvozanatni buzilishiga olib keldi.
Mavsum davomida zaharli pestitsidlarni surunkasiga ishlatilishi natijasida zararli hasharotlarni zaxarlarga chidamliligi ortib bordi. Yukorida ko‘rsatib o‘tilgan tashvishli vaziyatdan chikib ketish olimlarni burchi, tashqi muxit uchun, insonlar uchun zararsiz biologik kurash choralariga o‘tishni tezlashtirish va uni ishlab chikarishda ko‘llash zaruriyati tug‘ildi. 1965 yilda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi sobik Kalinin xo‘jaligida Z.K.Adilov rahbarligida oddiy biolaboratoriyada, Fargona viloyati Bog‘dod tumanidagi Paxtakor xo‘jaligida Ya.Sodikov rahbarligida oddiy biolaboratoriyada trixogramma va sitotrogani ko‘paytirishni, uni dalada tarqatish bilan ko‘sak qurtining tuxumiga karshi qo‘llash tajribalari muvoffakiyatli o‘tgan.
Paxta va boshqa ekinlarni zararli organizmlardan himoya qilishning biologik usulini keng joriy etishdan avval tashkiliy-iqtisodiy xarakterdagi salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
1973-yilda O‘zbekiston SSR Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish va zararkunandalar, kasalliklar hamda begona o‘tlarga qarshi kurashning biologik usullarini ishlab chiqarishga keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni e’lon qilingan. Ushbu hujjat tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu o‘z navbatida o‘simliklarni himoya qilishning uyg‘unlashgan tizimda biologik usulga rejali o‘tishning boshlanishida ilk qadam bo‘ldi va keyinchalik biousulni faollashtirishga va rivojlantirishga boshqa qator hujjatlar qabul qilindi.
Respublikada biologik kurash usuli sohasidagi tajribalarni boshqa respublikalar qishloq xo‘jaligiga tarqatish maqsadida sobiq SSSR qishloq xo‘jalik vazirligi qarori bilan 1985 yilda Namangan shaharida va 1988 yilda Farg‘ona shaxarida butun Ittifok seminari o‘tkazildi. O‘zbek olimlari va mutaxassislari qardosh respublikalardan kelgan kasbdoshlariga o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdilar, biofabrika va biolaboratoriya xodimlari bilan suxbatlashdilar. Paxta maydonlarida bo‘lishib, unda ko‘sak qurti bilan zararlangan dalalarga trixogramma va brakonni tarqatishni qo‘l yordamida samolyot va traktor apparatlari yordamida tarqatish usullari ko‘rsatildi. Seminar so‘ngida mehmonlarga viloyatda biologik kurash usulini va ayrim ilg‘or biofabrikalar ish tajribalari chop etilgan qo‘llanmalarni tarqatdilar. Respublika o‘simliklarni himoya qilish sohasida biologik kurash usulini rivoj topishiga Rossiya olimlaridan akademik I.M.Polyakov, K.V.Novojilov, fan nomzodlari S.V.Andreev, V.N. Shepetilnikova, N.F.Fedorinchik, N.V.Kandibin va boshqalar, Respublika olimlaridan professor V.V.Yaxontov, R.A. Alimjanov, M.A.Karimov, F.M.Uspenskiy, A.I.Vasilev, K.I.Larchenko, S.N.Alimuxamedov, A.Sh.Xamraev, fan nomzodlaridan A.A.Bekuzin, S.A. Juravskaya, A.G.Davletshina, S.G.Bronshteyn, A.I. Yelizarova, A.K.Sonina, Z.K.Adilov, X.M.Mirzalieva, M.Rashidov, A.X..Xakimov, Sh.A.Sharafutdinov, V.N.Polevunkova, X.Agzamova, K.Asanov va boshqalar, Respublika o‘simliklarni ximoya kilish boshqarmasining boshlig‘i I.S.Kostenko, Yu.B.Nesterov, bo‘lim boshliqlari Z.M.Tkacheva, B.Tulaganov, viloyat tashkilotlarining boshliqlari I.Duschanov, D.Nasrullaev, K.Nasreddinov, A.U.Ramazanov, N.M.Eremyans, biofabrikalar boshliqlari T.Mardonov, M.Ibragimova, X.Turamuradov, S.Abdumajidov va boshkalar o‘z mehnatlari bilan xissalarini qo‘shganlar.
Biologik kurash usulini yanada rivojlantirishga qaratilgan respublika xukumatining ko‘rsatmalari xalkaro axamiyatga ega. Chunki respublikamiz qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosilini biologik usulni qo‘llash orqali ximoya kilishda taraqqiy etgan davlatlar O‘rtasida denyoda oldingi o‘rinda bormokda. Shuning uchun bu sohani yanada mustahkamlashga qaratilgan choralar muhim xalqaro ahamiyatga ega bo‘lmokda. O‘zbekiston o‘simliklarni ximoya kilish institutining direktori A.U.Sagdullaev raxbarligida "Mikond" zavodi ishlab chikargan eskirib kolgan trixogrammani, sitotrogani ko‘paytiradigan, mexanizatsiyalashgan liniyalarni takomillashtirilgan chizmalari asosida, xamda brakon va oltin ko‘zlarni ko‘paytirishga moslashgan mexanizatsiyalashgan liniyalar xozirgi kunda xam ishlab chiqarilmoqda va kerakli biofabrikalarga o‘rnatilmoqda
2021 yil 15 iyuldagi “Respublikada O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6262-sonfarmoni va PQ-5185-sonli qaroriga asosan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etildi.
LABORATORIYANING ASOSIY FAOLIYATI:
Laboratoriyaning asosiy faoliyati – ekologik toza mahsulot еtishtirish va organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda, o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof–muhitga, inson salomatligiga va foydali entomofaglarga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan zamonaviy biologik kurash choralarini ishlab chiqish sohasida tadqiqotlar olib borishdan, qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunanda va kasalliklariga qarshi biologik kurashda ilmiy salohiyatni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion tadqiqotlarni o‘rganish hamda ularning ish usullarini, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishda xorijiy davlatlarning tegishli muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:
Ilmiy asoslangan zamonaviy biologik kurash choralarini ishlab chiqish sohasida:
- o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini va izlanishlarni olib borish;
- sohani rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarni belgilash;
- zararli organizmlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari va mahsulotlariga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularni zararsizlantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va yangi turdagi entomofaglarni ommaviy ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyalarini yaratish;
- tabiatdagi kushandalardan (entomofaglar) unumli foydalanish, ularni qirib yubormasdan, ekinlar orasiga entomofaglarni jalb qiluvchi o‘simliklar ekish, ularni biolaboratoriyalarda ko‘paytirib, dalaga mavsumiy chiqarish, ularni uyg‘unlashgan holda qo‘llash agrotexnologiyalarini yaratish;
- biolaboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlarini entomopatogen mikroorganizmlar asosida mikrobiologik preparatlar yaratish, ularni qo‘llash reglamentlarini ishlab chiqish;
- bajarilgan ilmiy izlanishlar natijalarini va yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish yuzasidan takliflar berish;
- soha bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajriba va ilm-fan yutuqlarini ishlab-chiqarishga joriy etish.
LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:
Respublikada “Organik qishloq xo‘jaligi” ni rivojlantirishda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishda atrof muhitga hamda inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etmaydigan vositalar va usullarni ishlab chiqish;
karantin ob’ektlari va o‘simliklarning boshqa xavfli zararli organizmlarini aniqlash, ularning diagnostikasi ekspress-usullarini hamda ularga qarshi biologik kurashishning uyg‘unlashgan uslublarini yaratish;
biolaboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish va natijalarini amaliyotga tadbiq qilish, tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashda samarali entomofaglarni xorijdan introduksiya qilish, maxalliy sharoitga iqlimlashtirish, moslashtirish va ularni biolaboratoriyalarda ommaviy ko‘paytirish hamda ishlab chiqarishda qo‘llash reglamentini ishlab chiqish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy inspeksiyalari xodimlari hamda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash va qadoqlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining malakasini oshirish o‘quv-seminarlarini tashkilashtirilishi va o‘tkazilishida qatnashish;
Laboratoriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023)
Laboratoriyaning mikrobiologik kolleksiyasida Respublikaning barcha hududlari tuproqlaridan hamda kasallangan o‘simlik namunalaridan ajratib olingan patogen mikroorganizmlar, katta zarar yetkazadigan fuzarium zamburug‘ining 12 tur vakillari va foydli saprofit-antagonist mikroorganizmlar mavjud.
Yangi turdagi entomofaglarni ommaviy ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyalarini yaratish bo‘yicha Markaziy Osiyoda ilk marotaba tabiatdan foydali mahalliy entomopatogen nematodalar Steinernema carpocapsae, Steinernema feltiae, Steinernema glaseri, Heterorhabdis bacteriophora, Steinernema scarabaei, Steinernema scapterisci, Heterorhabditis megidis, Heterorhabditis indica, Heterorhabditis zealandica, Steinernema kraussei ajratib olindi.
2022-2023 yillarda Respublikamizning barcha viloyatlari hamda tumanlarida ekilgan g‘o‘za, kartoshka, bug‘doy, makkajo‘xori, pomidor, intensiv bog‘ning mevali ko‘chatlari uchun O‘zbekistonda ilk marotaba mazkur yangi, xavfsiz, arzon hamda Xalqaro biologik nazorat tashkiloti (IOBC) tavsiya etgan foydali – entomopatogen nematodalarni bionazoratda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqdi hamda mahalliy entomopatogen nematodalardan suspenziya tayyorlab ekin maydonlaridagi xavfli zararkunandalarga qarshi qo‘llanilishida tashabbus ko‘rsatdi.
Mazkur entomopatogen nematodalarni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish hamda entomopatogen nematodalar asosidagi biologik preparatlar tayyorlash bo‘yicha jami qiymati 1 579 357 so‘m miqdoridagi innovatsion–amaliy loyiha ishlab chiqildi. Rossiya Federatsiyasining (VNIIKR) Butunrossiya O‘simliklar karantini ilmiy tadqiqot institutida malaka oshirish o‘quv seminarida AFR, OFR dasturlar bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy tajribalar, entomologik, mikologik, gelmentologik, gerbiologik tadqiqotlari va virusologiya hamda bakteriologiya laboratoriyalaridagi tadqiqotlar o‘rganildi hamda sertifikatga ega bo‘lindi.
Zararli xasva, kolorado qo‘ng‘izi va tunlamlarga qarshi 2 ta entomofag Pikromerus Picromerus bidens (L.) va Telenomus chloropus iqlimlashtirib, laboratoriyada ko‘paytirish maqsadida olib kelindi.
Turkiya davlati Antaliya shahrining G‘arbiy Oq dengiz “BATEM” qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutida 7 kunlik o‘quv seminarida qatnashib, Sertifikat sohibi bulindi va xizmat safarining amaliy ijrosi doirasida qishloq xo‘jalik ekinlariga katta zarar yetkazadigan trips, oq qanot, shiralar, qizil o‘rgimchakkana va ba’zi tur kapalaklarning tuxumlarini hammaxo‘r entomofagi Orius–System yirtqich kanasi va yuqoridagi zararkunandalardan tashqari xammaxo‘rligi tufayli pomidor kuyasining kichik yoshdagi lichinkalari va tuxumlari bilan ham oziqlandigan yirtqich entomofag – Nezidiocoris – System iqlimlashtirish va ko‘paytirish maqsadida namuna olib kelindi.
Fuzarioz, vertitsillyoz viltga qarshi tabiiy kushanda-antagonist zamburug‘ trixoderma asosida tayyorlangan samarali “Trixodermin” biopreparatini shartnomaga asosan joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritildi va tavsiyalar berildi, shu kunga qadar 6000 dan ortiq maydonga joriy qilindi. Laboratoriya sharoitida oqqanot zararkunandasiga qarshi inkarziya entomofagining mahalliy turlari tamaki va baqlajon ekinida ko‘paytirilmoqda.
Hindiston davlatidan olib kelingan Rhynocoris morginatus hasharotlarining bioekologik xususiyatlari hamda laboratoriya sharoitida ko‘paytirish usullari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Qishloq xoʻjaligini G‘o‘za, Baqlajon, Gulkaram, Karam, Sabzi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi uygʻunlashgan kurash dasturi (IPM) bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi. IPM tushunchasi haqida, undan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida dala seminarlari oʻtkazildi, ko’plab soha mutaxassislarning malakasi oshirildi.
Respublikadagi 299 ta biolaboratoriyada foydali nematodalarni ko‘paytirish yo‘lga qo‘yildi. Sinov tariqasida dastlabki ishlov o‘tkazilgan 4 363 gektar (4 100 gektar g‘o‘za, 74 gektar issiqxona va 189 gektar boshqa ekin) maydonida zararli organizmlarga qarshi samarali natija bermoqda va onalik mahsulotlari barcha biolaboratoriyalarga tarqatilib ishlov berish areallari kengaytirilmoqda.
26-yanvar kuni Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shaxrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari Investitsiyalar, sanoat va savdo Vazirliklari delegatsiyalari va boshqa qatnashchilar ishtirokida QIRG‘IZISTON - O‘ZBEKISTON BIZNES FORUMI bo‘lib o‘tdi. Forum yakunida «Bay diykan» qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash Markazi bilan o‘simliklarning biologik himoyasini rivojlantirish, atrof-muhitni, shuningdek o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida zararli organizmlarga qarshi kurashishning biologik usullarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi. Qirg‘iziston Respublikasi Organik qishloq xo‘jaligi Deportamenti bosh direktori Tursunaliev Saginbek Satibekovich biologik usul bo‘yicha faoliyat yuritayotgan mutaxassislari bilan institutga tashrif buyurib, o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan biologik usulda kelgusida hamkorlikda olib boriladigan ishlar rejasi, ya’ni “Yo‘l xaritasi” tuzildi. Kartoshka yetishtirilgan dalalardan fitopatogen zamburug‘larga nisbatan antagonistik xususiyati yuqori bo‘lgan 6 ta Bacillus avlodiga mansub bakteriyalar ajratib olinib, faolligi aniqlandi.
Laboratoriya ilmiy xodimlarining 130 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud bo‘lib, ulardan 2 tasi monografiya, 1 tasi laboratoriya qo‘llanmasi, 48 tasi ilmiy maqola, shundan 32 tasi nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda hamda 6 tasi Scopus hamda Web of science bazasiga kiruvchi jurnalda nashr etilgan hamda 3 ta patentga guvohnomalari mavjud. Ilmiy jamoa “Ilm yulduzlari” Respublika tanlovining g‘olibi, 2020 – yil Niderlandiyaning Scopus va Elsevier ilmiy bazalariga kiritilgan manbalar bo‘yicha jahonning kuchli olimlari qatorida taqdirlangan o‘zbek olimlari safida “Best Scopus journey” nominatsiyasi g‘olibi, “Shuhrat” medali sovrindorlari mavjud. Laboratoriya Nematologiya jamiyatlari xalqaro federatsiyasi (International federation of nematology societies) a’zosi. "Youth world cup - Global peacechain" Xalqaro tanlovi sovrindori (2021).
Laboratoriya ilmiy xodimlari Princeton universiteti tomonidan tashkil etilgan “Making Government Work in Hard Places”, Harvard medical school tomonidan tashkil etilgan “Mechanical ventilation for covid-19”, Monash university tomonidan tashkil etilgan “Introduction to psychology: biological psychology”, Central queensland universiteti tomonidan tashkil etilgan “Neuroleadership and conceptual approaches in educational neuroscience”, Leadership & management (short course) ning “Introduction to food and health” Stanford universiteti tomonidan tashkil etilgan “Diet and nutrition”, University of leeds and institute of coding tomonidan tashkil etilgan “Communication and interpersonal skills atwork”, University of Arkansas ning “Nematology and sampling”, International plant protection convention (IPPC, FAO) tomonidan tashkil etilgan “Introductory course to the international plant protection convention”, The united nations enviromental law andconventions portal tomonidan tashkil etilgan “Introductory course to international environmental law” va boshqa bir qator xorijiy nufuzli o‘quv kurslarida malaka oshirib, sertifikat bilan taqdirlangan.
- Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish laboratoriyasi
- Don va don dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklarning zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Gʻoʻza, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish laboratoriyasi
- Zararli organizmlarni prognozlashtirish laboratoriyasi
- Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish laboratoriyasi
- Xavfli va karantindagi begona oʻtlarni oʻrganish va qarshi kurashish laboratoriyasi
- Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi
- Bogʻ, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi
- Manzarali va oʻrmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi