Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi

Laboratoriya tuzilmasi:

Laboratoriya mudiri:                B.Murodov;

Yetakchi ilmiy xodim:             A.Zayniyev;

Katta ilmiy xodim:                  J.Eshmurzaev;

Kichik ilmiy xodim:                S.Avazov;

Katta laborant:                         S.Yakubova.

 

LABORATORIYANING TARIXI:

 

Qishloq xo‘jaligida zararli organizmlar ayrim turlarining biologiyasini tadqiqot qilish va ularga qarshi kurash chora-tadbirlarini o‘rganish ishlari bilan ilk bor shug‘ullangan tashkilot - bu O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish stansiyasi bo‘ldi. Uning huzurida 1930 yilda ombor zararkunandalarini o‘rganish laboratoriyasi tashkil  etildi. Shu davrgacha bu sohada, ayrim kichik entomologik ishlanmalarni tashqari, hech qanday ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmagan edi. Bu sohada qilingan ishlar asosida shu davrga mos - zahira zararkunandalariga qarshi kurashda zaruriy qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqildi.

Lekin, paxta tozalash va yog‘ ishlab chiqarish sanoati korxonalaridagi holatlar - chigit va kunjaraning yuqori darajada ombor zararkunandalari bilan zararlanishi 1939 yilda sobiq ittifoq paxtachilik ilmiy tekshiruv institutining o‘simliklarni himoya qilish stansiyasi qoshida zahiradagi paxta mahsulotlari zaparkunandalarini o‘rganish bo‘yicha maxsus laboratoriyasini tashkil etilishiga asos bo‘ldi.

Mazkur (O‘zSTAZRA) stansiyasi 1931-1958 yillar davomida faoliyat olib borib, O‘simliklarni himoya qilishning markaziy stansiyasi deb yuritilgan. 1958 yilda bu stansiya asosida O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilindi. Respublikamiz Mustiqillikka erishganidan so‘ng O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti sifatida 2021 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi.

O‘simliklarni himoya qilish markaziy stansiyasi qoshida faoliyat ko‘rsatgan “Ombor zararkunandalarini o‘rganish” laboratoriyasi (laboratoriya mudiri I.G.Noskov) xodimlari qisqa muddat ichida paxta, chigit va kunjaraga zarar yetkazadigan ayrim hasharotlar va kanalarni turlarini aniqladi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdilar. Birinchilardan bo‘lib urug‘lik chigitni DDT va GXSG dorilarini suvli suspenziyasi bilan ho‘l zararsizlantirish, xlororganik dorilarni urug‘lik chigit solingan qoplarga shimdirish usullari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Bo‘sh omborxonalarni paxta mahsulotini qabul qilishdan oldin insektitsidlarga formalinni qo‘shib ishlatish usuli ham topildi va ishlab chiqarishda joriy qilindi (Xodjaev, 1959-1963).

1965 yilda O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti tarkibida “Yem-xashak ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini zararkunandalardan himoya qilish” laboratoriyasi tashkil qilindi.

Laboratoriyaga 1972 yilgacha qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi V.N.Polevщikova, 1972 yildan 2021 yilgacha biologiya fanlari doktori, professor N.M.Maxmudxodjaev rahbarlik qildi.

2021 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish“ to‘g‘risida PQ-5185-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tizimidagi O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi negizida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari tashkil etildi.

Mazkur qarordan so‘ng “Yem-xashak ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini zararkunandalardan himoya qilish” laboratoriyasi nomi “Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish” laboratoriyasi deb o’zgartirildi.

 

LABORATORIYANING ASOSIY FAOLIYATI:

 

Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi hozirda Respublika hududidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanadigan omborxonalarda keng tarqalib zarar yetkazayotgan zararkunandalarni tur tarkibini aniqlash, laboratoriya sharoitida ko‘paytirib rivojlanish bosqichlarini kuzatish orqali ularga qarshi samarali va xavfsiz qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, dunyo amaliyotida qo‘llanilayotgan zararsizlantirish vositalarini mahalliy sharoitda sinovlardan o‘tkazib ishlab chiqarishga tavsiya etish. Ombor zararkunandalariga qarshi kurash choralari, zararsizlantirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish uchun ilmiy izlanishlar olib boradi.

Soha xodimlarini malakasini oshirish o‘quv-seminarlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

 

LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:

 

Qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan fumigant va feromonlarning turlari, ta’siri va xorijiy turlarini mahalliylashtirish, kirib kelish xavfi mavjud bo‘lgan tashqi karantindagi zararkunandalarni aniqlash maqsadida qo‘shni davlat chegara hududlarida joylashgan dala va omborxonalarda monitoring olib borish va respublika hududida tarqalgan ichki karantindagi zararkunandalarning fitosanitar tozaligini ta’minlash maqsadida zararkunandalarning tarqalish areali, fenologiyasi va qarshi kurash choralarini samarali qo‘llash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning yer maydonlarida xavfli zararkunandalar o‘choqlarini erta aniqlash va ularga qarshi samarali kurashni o‘z vaqtida tashkil etish uchun feromonitoring ishlarini olib boradi;

Respublikada joylashgan omborxonalarda tarqalgan zararkunandalar, ularning zarari, bioekologiyasi, tarqalish areali va qarshi kurash choralari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;

Agentlik xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda ishtirok etish.

 

LABORATORIYANING ASOSIY FUNKSIYALARI:

 

Laboratoriya asosiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) omborxonalarda zararkunandalarning biologiyasi, rivojlanishi o‘rganilib ularga qarshi kurash chora tadbirlari ishlab chiqadi. Respublika hududida tarqalgan ichki karantindagi zararkunandalarning fitosanitar tozaligini ta’minlashda zarari, bioekologiyasi, tarqalish areali va qarshi kurash choralari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib boradi;

b) tasdiqlangan nizom asosida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat olib boradi, o‘simliklar karantini bo‘yicha va nizomda belgilangan sohalarda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik olib boradi;

c) o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va fan yutuqlarini ishlab-chiqarishga joriy etadi;

d) nizomda belgilangan faoliyat sohasida yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratadi;

e) laboratoriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin;

f) Agentlik xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sohasida;

 

LABORATORIYANING NATIJALARI: (2021-2023)

 

Laboratoriya xodimlari tomonidan o‘simliklarni xavfli zararkunandalari va kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan 4 ta: “Mosh etishtirishda zararli organizmlarni uyg‘unlashgan usulda boshqarish”, “Loviyani zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimida boshqarish”, “Fasolni etishtirishda uyg‘unlashgan kurash chora-tadbirlarni qo’llash” va  “Eryong‘oqni zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimida boshqarish” (IPM) ilmiy-amaliy qo’llanmalar tayyorlandi.

Zararsizlantirish ishlarini ilmiy asoslangan usullarda tashkil uchun 3 ta uslubiy qo‘llanma: “Xavflilik darajasi I-guruhga mansub pestitsidlar bilan omborxonalar va ishlab chiqarish korxonalarida fitosanitar zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlarini amalga oshirish”, “O’simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni, yopiq inshoatlar va transport vositalarida zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlarini amalga oshirish”, “Xavflilik darajasi I–guruhga mansub pestitsidlar bilan fitosanitar zararsizlantirishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish” kabi uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi.

Shu jumladan sohaga oid 2 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta tavsiyanoma, 28 ta maqola (4 ta Scopus va 2 ta Web of Science xalqaro bazalarda) va 23 ta risolalar chop etildi.

3 nafar (PhD) tayanch doktorantlarga ilmiy mavzular tasdiqlandi va laboratoriya mudiri rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Zararli organizmlarga qarshi yangi zararsizlantirish kimyoviy vositalari  sinov-tadqiqotlari o‘tkazishmoqda.

Qishloq xo‘jaligining 7 turdagi zahira mahsulotlari zararli organizmlarining 5000 dan ortiq kolleksiyalari tayyorlandi va institut kolleksiyasiga topshirildi.

Har Mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlarga 100 dan ortiq ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Yevropa Ittifoqining “Ask Facility” dasturi texnik ko‘magida, Buyuk Britaniyaning CABI tashkiloti xalqaro ekspertlari ishtirokida o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish “IPM” tizimi bo‘yicha laboratoriyaning 1 nafar soha mutaxassislari ToT (Training of trainers) kursida malakasi oshirilib, xalqaro sertifikatga ega Uyg‘unlashgan himoya qilish “IPM” tizimi murabbiyi tayyorlandi.