Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzKorrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha marifiy soat o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 5-8-sentabr kunlari Agentlik markaziy apparati, uning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida barcha xodimlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
Tadbirlarda ishtirokchilarga Qishloq xo‘jaligi vazirligining Ichki audit va komplaens nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Ichki audit va komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i A.Muradov tomonidan tayyorlangan “Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusidagi videodars namoyish qilindi.
Shuningdek, o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida xodimlarga korrupsiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda shu sohada qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shu bilan bir qatorda xodimlar Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar, ularning mazmun mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishtirildi.
- Aloqador yangiliklar
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish
- KORRUPSIYA MILLAT VA JAMIYAT KUSHANDASI
- O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida 2022-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida umumiy hisobot
- Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa
- O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi yillik
- Barchasini ko'rish