Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

KORRUPSIYA MILLAT VA JAMIYAT KUSHANDASI

KORRUPSIYA MILLAT VA JAMIYAT KUSHANDASI

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisadir. Chunki bu omil tufayli davlatning rivojlanishi sekinlashadi, hukumat tizimi ishdan chiqadi, demokratik institutlarga putur yetadi. Uning ta’siri ostida fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga ishonchi yo‘qoladi. Har qanday jamiyat uchun ushbu illatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir.
Jumladan, Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida faoliyat olib borayotgan Tashqi karantin bo'limining 65 nafar, Fitosanitar nazorat va monitoring bo'limining 24 nafar o'simliklar karantini davlat inspektorlari va boshqarmaning mas'ul xodimlariga korrupsiya holatlariga yo'l qo'ygan taqdirda uning oxiri ayanchli ekanligi, ushbu illat asiriga tushib mansab darajasini suiste'mol qilganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va uning salbiy jihatlari haqida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i I.Rahimov, bosh mutaxassis M.Mirazimov hamda Tashqi karantin bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.Radjabov, bosh mutaxassis Sh.Qobilovlar ishtirokida boshqarma xodimlari uchun amaliy seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda, I.Rahimov tomonidan yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda mavzuga aloqador xalqaro va milliy me’yoriy huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berilib, tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.