Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida maxsus o'quv-seminari o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida maxsus o'quv-seminari o‘tkazildi

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida hududiy boshqarmalarning zararsizlantirish bo‘limlari xodimlarini malaka oshirish dasturi doirasida Agentlik Ichki nazorat bo‘limi mutaxassislari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida maxsus o'quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv jarayonida xodimlarga korrupsiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlar va olib borilayotgan ishlar, shu jumladan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda shu sohada qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shu bilan bir qatorda xodimlar Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishda qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar, ularning mazmun mohiyati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.