Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Laboratoriya yangiliklari

Laboratoriya yangiliklari

✅O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ''Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish'' laboratoriyasi mudiri Nigora Tillaxo`jayeva amaliyotga kelgan Toshkent davlat agrar universiteti 4-bosqich talabalariga yangi bioobyekt, yirtqich hasharotlar turkumiga kiruvchi – Orius laevigatus entomofagini bioekologik xususiyatlari hamda laboratoriya sharoitida ko‘paytirish usullari bo‘yicha, ulardan o‘simlik zararkunandalariga qarshi biologik kurashda entomofag sifatida foydalanish to‘g‘risida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib tushunchalar berdi.

📈Bundan tashqari laboratoriyada tabiatdan ajratib olingan maxalliy Podisus maculiventris – yirtqich qandalasini ko‘paytirish ustida xam tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu entomofag polifag bo'lib, ularning barcha vakillari yirtqich turmush tarzini olib boradigan hasharotdir. Xozirda ulardan yangi tuxumlar olindi.