Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzSeminar trening

📌Joriy yilning 11-12 sentabr kunlari Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida bog‘dorchilikni rivojlantirishning barqaror innovatsion texnologiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
📈Ushbu anjumanda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti “Bog‘, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi mudiri Raxmatov Asror Axrorovich “Tokning yillik rivojlanish fazalarida kasalliklarning zarar yetkazish muddatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.