Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Xotira va qadrlash

Xotira va qadrlash

9-May Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti kasaba uyushmasi qo’mitasi boshchiligida institutda uzoq yillar mehnat qilgan va institut rivoji uchun ulkan hissa qo`shgan faxriy xodimlarni qadrlash maqsadida hozirda  nevaralar davrasida qarilik gashtini surayotgan “ G`alla zararkunandalariga qarshi kurashish” laboratoriyasi mudiri sifatida 50 yildan ortiq mehnat qilgan Ortiqboyev Po`lat Karimovich, 40 yildan ortiq bosh hisobchi bo`lib faoliyat olib borgan Pirmanova  Nina Grigorevna, 45 yildan ortiq kadrlar bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan Abduraxmonova Shoista Odilovnalarni xolidan xabar olish, yo`qlov maqsadida ularni xonadonlariga  tashrif buyurdik.
Ustozlar bilan  gaplashib o`tirar ekanmiz ularni ko`zlarida hali ham ishga, o`z kasbiga bo`lgan muhabbatni, sadoqatni ko`rish mumkin.
Shu o`rinda aytib o`tish joizki xozirgi o`sib kelayotgan barcha  yosh avlod o`zini ustozlaridan o`z kasbiga bo`lgan sadoqat va mexrni o`rganishlari va keyingi kelajak avlodga qoldirishni o`rganishlari  zarur.
Faxriy xodimlarimizni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabriklab ularga institut jamoasi nomidan esdalik sovg`alarimizni taqdim etib qaytdik.