Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzXalqaro tanlov

XALQARO TANLOV.
Xalqaro Euphresco olimlari tomonidan amalga oshirilgan milliy va xalqaro tadqiqot va rivojlanish faoliyatlarini ko'rsatish maqsadida, Euphresco III tarmog'i, bari o'rta yer dengizi Agronomik tadqiqotlar markazi (CIHEAM) Biot xavfsizligini tadqiqot Initsiativasi (PBRI) va CABI to'rtinchi marta "O’simlikllar salomatligi TV – O'simliklar ilmiy tadqiqotlarining ahamiyatini targ'ib qilish" video tanlovini e'lon qiladi.
G'olib video 2025-yilgi IDPHni nishonlash uchun tashkil etilgan xalqaro tadbirlarda va boshqa tadbirlarda, masalan, o'rta yer dengizi fitopatologik Ittifoqining 17-Konferensiyasida (MPU2025) namoyish etiladi.
Video tanlovining maqsadi: O'simliklar himoyasi ilmiy tadqiqotlarining ko'rinishini oshirish va ilm-fan bilan aloqasi bo'lmagan jamoatchilikni o'simliklarni himoya qilishning ahamiyati haqida xabardor qilish.
•O'simlik sohasidagi boshlang'ich tadqiqotchilarning (MSc, PhD, postdoktoral ilmiy xodimlar va yosh olimlar) ishini va fidoyiligini nishonlash.
•Dunyo bo'ylab odamlar va tashkilotlarni birlashtirish.
Talablar:
35 yoshgacha bo'lgan boshlang'ich tadqiqotchilar (MSc, PhD, postdoktorant ilmiy xodimlar va yosh olimlar) o'zlarining karantin zararkunandalariga doir olib borayotgan tadqiqotlari haqida 90 soniyagacha bo'lgan qisqa video yuborishlari uchun taklif etiladi.
Mukofot:
Tanlov g'olibi PBRI (Avstraliya), NIPHM (Hindiston) yoki CIHEAM-Bari (Italiya) tomonidan tashkil etilgan ikki haftalik stajirovka dasturiga taklif qilinadi. Mukofot transport, turar joy va o'qish xarajatlarini o'z ichiga oladi, PBRI-Avstraliya, CIHEAM Bari – Italiya va EUPHRESCO III loyihasi tomonidan homiylik qilinadi.
Tanlovga kirish shartlari:
•Video o'simliklar himoyasi ilmiy tadqiqotlari, ayniqsa, har qanday mamlakat/yurt uchun karantin zararkunandalariga bag'ishlangan bo'lishi kerak.
•Har bir ishtirokchiga bitta video ruxsat etiladi.
•Video va ovoz yuqori sifatli bo'lishi kerak.
•Inglizcha video o’simliklar faoliyatining umumiy maqsadini tomoshabinlarga tushuntirishi kerak. Video ilmiy xodim bo'lmagan tomoshabinlarga tushunarli bo'lishi kerak.
•Ishtirokchilarga ingliz subtitrlari qo'yilishi shart.
•Videolar 90 soniyadan oshmasligi kerak
Ariza jarayoni:
• Ishtirokchilar, arizalarini belgilangan muddatga qadar (Ilova I ni ko'ring) taqdim etishlari kerak. Video YouTube'ga yuklanib, sekretariatga xabar berilishi kerak (jassmine.zorrilla@euphresco.net)
• Video tanlovga kirish shartlariga mos bo'lishi kerak.
Muhim sanalar va muddatlar:
• 17 fevral 2025 (12:00 am GMT): Ariza berish uchun so'rov yuborilishi kerak.
• 28 aprel 2025 (12:00 am GMT): Videolar YouTube'ga yuklanib, sekretariatga e-mail orqali xabar yuborilishi kerak.
• 12 may 2025: G'olib rasmiy ravishda e'lon qilinadi.
Baholash
Baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
• Moslik: Video o'simliklar ilmiy tadqiqotlarida karantin zararkunandalariga qanchalik yaxshi to'liq javob berdi (40 ball)
• Kommunikatsiya: Tadqiqot mavzusi va uning ahamiyati ilmiy bo'lmagan tomoshabinlarga qanday yetkazilgan? (25 ball)
• Ijodkorlik: Ma'lumotlar qanday ijodiy tarzda taqdim etilgan? (25 ball)
• Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqish: Video ijtimoiy tarmoqlarda (YouTube) qanday ko'rildi? (10 ball)