Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzXalqaro loyiha

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan va Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi PRIM-0124 loyihasi doirasida ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimiga oid o‘quv-trening boshlandi. Mazkur trening institutda zamonaviy boshqaruv, ilmiy jarayonlarning aniqligi, laboratoriya xizmatlarining ishonchliligi va xalqaro tan olinuvchanligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, institut xodimlarining global talablar asosida malakasini oshirishga xizmat qiladi
Trening davomida ishtirokchilar ISO 9001:2015 standarti talablari, tashkilot konteksti va manfaatdor tomonlarni aniqlash, sifat siyosati va strategik maqsadlarni shakllantirish, jarayonlarni boshqarish, risklarni baholash va minimallashtirish (FMEA, SWOT, “5 nima uchun” kabi metodlar orqali), shuningdek ichki audit jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishmoqda. Undan tashqari, treningda yapon menejment vositalari (Kaizen, 5S, Lean ishlab chiqarish, JIT) asosida tashkilotda uzluksiz takomillashtirishga qaratilgan yondashuvlar ham chuqur o‘rganilmoqda
Mazkur o‘quv-trening institutda sifat madaniyatini shakllantirish, ilmiy-texnik hujjatlar yuritish madaniyatini takomillashtirish, ichki nazorat va audit mexanizmlarini kuchaytirish, hamda ISO 9001:2015 bo‘yicha xalqaro sertifikatlash jarayonlariga tayyorgarlikni boshlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Trening yakunida xodimlar ichki auditor, sifat bo‘yicha mas’ul va menejer sifatida shakllanib, institutda barqaror, samarali va shaffof boshqaruv tizimini rivojlantirishda yetakchi kuchga aylanadi
Sifat bu – kelajak. ISO 9001:2015 esa – instituting jahon miqyosida tan olinishi, innovatsion rivojlanishi va ilmiy salohiyatini yuksaltiruvchi strategik vositadir.