Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Xalqaro loyiha

Xalqaro loyiha

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi PRIM-0124 loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan ISO 9001:2015 o‘quv-treningining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Sessiya xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va real keyslar asosida tahliliy fikrlash malakasini rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Trening davomida ishtirokchilar SWOT tahlil asosida tashkilot ichki va tashqi muhitini tahlil qilish, manfaatdor tomonlarni aniqlash, sifat siyosati va strategik maqsadlar shakllantirish bo‘yicha jamoaviy muhokama va taqdimotlar tayyorlashdi. Keys-stsenariylar orqali hayotiy holatlar ustida ishlash, ichki auditga oid masalalarni amaliy tarzda yechish bo‘yicha jamoaviy fikr almashildi. Har bir ishtirokchi o‘z bilimini mustahkamlash, o‘zaro muhokama va tahlillar orqali boshqaruv yondashuvlarini amalda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.