Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzXalqaro hamkorlik

Bugun O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga Xitoy Xalq Respublikasi Shandong O’simliklarni himoya qilish instituti, qishloq xo’jaligi fanlari akademiyasi rahbarlaridan iborat Qixian Zhou, Long Zhang, Yinwei You, Xiao Xu, Jun Zhang, Nana Li, Qiang Yao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvni birinchi bosqichi bo’shlanib ikki davlat mutaxassis va olimlari quyidagi masalalarni muhokama qilishdi.
1) Yuqori virulentli patogeni va yuqori samarali biologik pestitsidni ishlab chiqish.
2) O`zbekistonda chigirtkalarni nazorat qilish uchun Aspergillus oryzae va Nosema locustae biologik vositalarini namoyish etish va joriy etish.
3) Chigirtkalar tarqalishi va ularga qarshi kurashish bo`yicha axborot almashish mexanizmini yo`lga qo`yish.
4) Xalqaro hamkorlik loyihalarini qo`llash.
5) Olimlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlarini tashkil etish.
6) Chigirtkalar bo`yicha hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot markazi yoki laboratoriyasini tashkil etish va uning ochilish marosimi o`tkazish.
7) Kasallik va zararkunandalarga chidamli, sho`r va ishqoriy tuproqlarga bardoshli, qurg`oqqa chidamli paxta genofondi na`munalarini almashish.
8) Yuqori sifatli, ko`p kasalliklarga chidamli mexanizatsiyalashgan yig`im-terimga mos paxta navlarini yaratish bo`yicha molekulyar seleksiya texnologiyasi.
9) Yangi o`g`it mahsulotlari va ekin maydonlari tuproqarini yaxshilash texnologiyalari bo`yicha hamkorlikdagi tadqiqotlarni yo`lga qo`yish. 10) Ekinlarning genofond resurslarini saqlashning hozirgi holati.
11) Yuqori sifatli va noyob genofond resurslaring holati. 12) Genofond resurlari.
Muzokara va kelishuvlar davom etmoqda.