Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

Bugun O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida Xorvatiya Respublikasi o’simliklar himoyasi hamjamiyati prezidenti Y. Igrs Barchich hamda Serbiya Respublikasi  o’simliklar himoyasi hamjamiyati prezidenti A. Obradovich va Xorvatiya qishloq xo’jaligi va turizm instituti vakili S. Goreta bilan ikki tomonlama  uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi  Otabek Sulaymonov, innovatsion rivojlanish va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Gulhayo Toirova, professor Abbosxon Marupov, professor Furqat Sog’uniy, dotsent Dilmurod Nurmuhammedov,  qishloq xo’jaligi fanlari falsafa doktori Asan Mambetnazarov hamda kichik ilmiy xodim Fozilbek Nurjonovlar qatnashdilar.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik qilish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.