Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzXalqaro hamkorlik

Buyuk Britaniyaning chigirtkalarga qarshi o'ta kam hajmda purkash uskunalarini ishlab chiqaruvchi "Micron sprayers" kompaniyasi direktor o'rinbosari John Clayton institutimizga tashrif buyurdi va institut direktori bilan uchrashdi.
Tashrif davomida chigirtkalarga qarshi kurashda o'ta kam hajmda purkash uskunalarining oddiy traktor purkagichlariga nisbatan afzalliklari va qulayliklari muhokama qilindi. Chigirtkalarga qarshi kurash ishlarini olib borishda mavjud muammolarni hal qilish borasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishda ikki tashkilot hamkorlikda ishlashiga kelishib olindi. Dala tajribalarini o'tkazishda o'ta kam hajmda purkash uskunalarida foydalanish texnologiyasini chigirtkalarga qarshi kurash hizmati hodimlariga o'rgatish, treninglarni amalga oshirishda bir-birini qöllab quvvatlash, birgalikda maqolalar chop etish ikki tomon uchun ham foydali bölishi ta'kidlandi.