Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

Ayni daqiqalarda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida  “Agrar sohadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish” mavzusidagi networking tadbiri bo'lib o'tmoqda. Ushbu tadbirda 🇺🇿🌿O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi Otabek Sulaymonov va Xalqaro bo’lim boshlig’i Gulhayo  Toyirova qatnashmoqdalar.

Tadbirda qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Alisher Shukurov so'zga chiqib, ushbu tadbir xalqaro hamkorlik, qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari, tadqiqot va ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni hamda iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalarini hal qilish uchun hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro tajribadan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish imkoniyati ekanligini ta'kidlab o’tildi.