Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga  Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo’jaligi vazirligi Federal davlat muassasasi, Rossiya qishloq xo’jaligi markazi (ФГБУ “Россельхозцентр) xodimlari 
1.Rossiya Federatsiyasi Kabarda Balkariya Respublikasi FGBU filiali rahbari Kurjiyev Xasanbiy Gidovich.
2.Rossiya Federatsiyasi Stavropol o’lkasi FGBU filial rahbari Kuznetsova Olga Viktorovna.
3.Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi FGBU filial rahbari Xamatshin Aydar Masnavievich.
4.Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi FGBU filial rahbari Novichkov Vitaliy Leonidovich.
5.Rossiya Federatsiyasi Belgorod viloyati FGBU filial ishlab chuiqarish bo’lim boshlig’i Ishenko Ivan Sergeyevich amaliy tashrif bilan mehmon bo’lib turishibdi.
O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti professor va ilmiy xodimlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, yurtimizga tashrifdan asosiy maqsad biologik vositalarni ishlab chiqarish jarayoni va uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib  bilim almashish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish maqsadida biolaboratoriya faoliyatini rivojlantirishda entomofaglarni laboratoriya sharoitida koʻpaytirish, mahalliy turlarini aniqlash va xorijdan introduksiya qilish, iqlimlashtirish boʻyicha institutda olib borilayotgan tadqiqotlarga qiziqish bildirdi.
     Institut biolaboratoriyasida iqlimlashtirilayotgan gabrobrakon, trixogramma entomofaglarining yangi turlarini innovatsion ko‘paytirish va dalaga tarqatish texnologiyalari bilan, yangi entomofag: Hindiston davlatidan keltirilgan Rhynocoris morginatus, Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota shahrida joylashgan O‘simliklarni himoya qilish va karantini ITI dan Podisus maculiventris — xammaxo‘r qandalasi hasharotlarining bioekologik xususiyatlari hamda laboratoriya sharoitida ko‘paytirish usullari bo‘yicha fikr almashildi. 
     Institutda xozirda maxalliy tuproqdan ajratib olingan entomopatogen nematodalarning sho‘rlanishga chidamli bioformulasi bilan tanishib  qiziqish bildirishdi.