Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzXalqaro hamkorlik

Bugun O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida KOICA ( Korea International Cooperation Agency) ijrochi xodimlari bilan O`zbekiston Respublikasidan tashqi Davlatlarga eksport qilinadigan qishloq xo`jaligi maxsulotlarini zararsizlantirish hamda talablardan kelib chiqib mahsulotni sifatli xolatda yetkazib berish bo`yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori, xalqaro bo’lim boshlig’i, ilmiy kotib va laboratoriya mudirlari ishtirok etdilar. Uchrashuvda bir xaftalik amaliy va o`quv kurslari tashkil qilinishiga kelishib olindi.