Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzOʻzbekiston va Qirgʻiziston fitosanitar xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish boʻyicha Memorandum imzoladi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fitosanitar xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish boʻyicha Memorandum imzoladi.
Davlatimiz rahbarining Qirgʻiz Respublikasiga tashrifi doirasida Biznes forum tashkil etildi.
Unda hukumat aʼzolari, tegishli vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, viloyat hokimliklari rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 350 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Forum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Qirgʻiz Respublikasining Oʻsimliklarni himoya qilishning biologik usullarini ishlab chiqish boʻyicha “Bay Diykan” Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash markazi oʻrtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Hujjatga koʻra, tomonlar:
- biologik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
- oʻsimliklarni biologik himoya qilishning innovatsion usullarini ishlab chiqish boʻyicha tajriba almashish va mutaxassislarning malakasini oshirish;
- biologik mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish boʻyicha qoʻshma ilmiy ishlanmalarni tayyorlashga kelishib olind