Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzUstoz va talabalar uchrashuvi

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat agrar universiteti oʻrtasidagi ilmiy va taʼlim sohasidagi hamkorlik kelishuvi asosida “Yaylov, yem-xashak, moyli va dorivor oʻsimliklar zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi maydonida dala sharoitidagi kuzatuv darslari tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida universitetning 3-bosqich talabalariga kichik dala tajribasi sifatida kunjut, maxsar, beda va kungaboqar ekilgan maydonlarda kuzatuv ishlari olib borildi. Ushbu kuzatuvlar davomida o‘simliklarda uchraydigan asosiy qishloq xo‘jaligi zararkunandalari, ularning zarar yetkazish jarayonlari, zararlanish darajasini aniqlash, shuningdek, zararkunandalar sonini kamaytirish va ularni boshqarish usullari amaliy jihatdan oʻrganildi.
Tashkil etilgan darslar davomida laboratoriya xodimlari tomonidan zararli organizmlarning hayotiy sikli, ularning ekologik xususiyatlari hamda integratsiyalashgan kurash choralariga oid tushuntirish ishlari olib borildi. Oʻtkazilgan ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlar talabalar tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olindi va ularning nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.