Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Ustoz va talabalar uchrashuvi

Ustoz va talabalar uchrashuvi

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti “Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi” yetakchi ilmiy xodimi  qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Xo‘jayev Shomil Tursunovich tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti  talabalari uchun ochiq dars tashkil etildi.
Tadbir davomida Shomil Tursunovich  ilmiy-tadqiqot institutining tarixi, olib borilayotgan innovatsion ilmiy-ishlar,  loyihalar,  oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati haqida talabalarga soʻzlab berdilar. Shuningdek, o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish, kirib kelish xavfi bo‘lgan karantin ob’ektlar, o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish tizimi (IPM), ilmiy-tadqiqot ishlari haqida maʼlumotlar berib, talabalar savollariga atroflicha javoblar berib oʻtdi.
Shomil Tursunovich yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ilmiy muhitning rivojlanishi haqida so‘z yuritib  yoshlarga ushbu qulayliklardan to’liq foydalanish kerakligi haqida gapirib o’tdi.