Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzTurkiyadan 6 turdagi sifatli urug‘lik olib kelinadi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Turkiya Respublikasida tashrifi doirasida paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirishda va xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida “ProGen Tohum A.Ş” kompaniyasi rahbari Ali Özbuğday bilan uchrashdi.
Unda urug‘likni rivojlantirish, Turkiya tajribasi asosida mamlakatimiz hududida “ProGen Tohum A.Ş” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan urug‘lik chigitlarning 6 turdagi navini yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
Aytish kerak, “ProGen Tohum A.Ş” kompaniyasi 1996-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, paxta, soya, bug‘doy, hamda boshqa turdagi sabzavot navlari seleksiyasi va urug‘chiligi bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda kompaniya o‘zining 20 turdagi urug‘lik chigit navlariga ega bo‘lib, Turkiyani 41% urug‘liklar ta’minlab kelmoqda.
huningdek, kompaniyaning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida paxta chigitlarini tozalash va saralash jarayoni hamda biotexnologik tekshiruv laboratoriyasi faoliyati o‘rganildi.