Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzTil o`rganish bo`yicha tadbir tashkil etildi.

O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida “Ibrat academy” asoschilari bilan “Yosh xodimlarni xorijiy til, zamonaviy kasblar va kitob mutolasiga bo`lgan qiziqishlarini amalga oshirish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
“Ibrat academy” mobil ilovasi: Sun’iy intellekt yordamida xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini professional o‘rgatishga mo‘ljallangan “Super start” dasturi (36 ta bo‘limda 206 ta dars) orqali foydalanuvchilarga oson va tez o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
“Mutolaa” platformasi: O‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini (3 000 dan ortiq) sifatli formatda o‘qish va tinglash imkoniyatini berib, ayni paytda platformadan 2 mln nafarga yaqin kitobxon foydalanmoqda.
Ushbu loyihalar orqali olingan bilim va ko‘nikmalar yosh xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, mutaxassislarni ijtimoiy mas’uliyati va dunyoqarashini kengaytirish, tashkilot brendini xalqaro maydonda targ‘ib qilish kabi afzalliklarni beradi.
Tadbirda agentlik markaziy apparati, Toshkent viloyati va Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti, “Biosifat” Respublika markazi, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi xodimlari, shuningdek, “ZOOM” platformasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtrok etdilar.