Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Seminar trening

Seminar trening

📌 Poytaxtimizdagi Aster Hotel Group mehmonxonasida  xalqaro ekspert Ringolds Arnitis ishtrokida O‘zbekistonda fitosanitariya tizimi va salohiyatini oshirishning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha bir kunlik seminar o`tkazilmoqda.

✅O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutidan bo’lim boshlig’i Gulhayo Toirova va Dala nazorati va fitosanitar xavfni tahlil qilish” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Rajabov Shohrux ishtrok etmoqdalar.

💬Mazkur loyiha mamlakatning fitosanitariya nazorati sohasidagi salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bunda xavf-xatarlarni baholash, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda mutaxassislarning malakasini oshirish ko‘zda tutilgan. 
Tashabbusni amalga oshirish O‘zbekiston agrar sektorining eksport imkoniyatlarini kengaytirish, xususan xalqaro fitosanitariya standartlariga muvofiqlikni taminlash borasida qulay sharoitlar yaratadi.