Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Seminar trening

Seminar trening

✅Poytaxtimizdagi “Panarams”mehmonxonasida “Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya davom etmoqda.

📌Konferensiyada O'simliklarni himoyasi va karantini ilmiy-tadqiqot institutidan Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent Xayitbayeva Nodira Seytjanovna “Bug‘doy va sholi fusarioz kasalliklariga qarshi mikrobiologik preparatlarning ahamiyati” mavzusidagi ma'ruzasi bilan qatnashmoqda.

🔬Fusarioz kasalliklari donli ekinlarda hosildorlik va sifatni keskin kamaytiruvchi xavfli omillardan biridir. Xayitbayeva Nodira Seytjanovna o‘z ma’ruzasida biologik preparatlarning samaradorligi, ularning ekologik xavfsizligi va qishloq xo‘jaligida barqaror hosildorlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Ushbu tadqiqotlar fusariozga chidamli agrotexnologiyalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.