Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari “Fitosanitariyaga kirish, terminologiya” mavzusidagi seminarda!

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari “Fitosanitariyaga kirish, terminologiya” mavzusidagi seminarda!

Hindistonning Oʻsimliklar salomatligini boshqarish milliy institutida (National Institute of Plant Health Management – NIPHM) Oʻzbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari uchun “Fitosanitariyaga kirish va terminologiya” mavzusidagi dastlabki seminar bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu muhim tadbir ilmiy-tadqiqot va qishloq xo‘jaligida fitosanitar nazoratining terminologik asoslarini chuqur tushunishga qaratilgan edi. 

Seminarning asosiy maqsadi: Fitosanitar xavfni tahlil qilishda va zararkunandalarga qarshi kurashish jarayonida xalqaro standartlarga asoslangan terminologiyani o‘rganish. Seminar davomida xalqaro fitosanitar amaliyotlar, ekologik xavfsizlik va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda qo‘llaniladigan usullar bo‘yicha muhim bilimlar berildi. 

 Laboratoriyalar bilan tanishuv: Seminardan so‘ng ilmiy xodimlar dastlabki laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu laboratoriyalar zamonaviy texnologiyalar yordamida zararkunandalarning biologik xususiyatlarini o‘rganish, ularni aniqlash va nazorat qilish usullarini o‘z ichiga oladi.

Ilmiy hamkorlikning ahamiyati: Ushbu tadbir ikki davlat fitosanitariya sohasidagi  ilmiy aloqalarni mustahkamlash, zararkunandalar xavfini nazorat qilishda yangi bilimlar va tajribalar almashish uchun muhim qadam hisoblanadi. Seminardan olingan bilimlar O‘zbekistonda zararkunandalarga qarshi samarali kurashish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda xizmat qilishi kutilmoqda.