Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzSamarqandda AGROPRO EXPO 2023 qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Samarqand mintaqaviy filialining olimlari faol ishtirok etdi.

Samarqandda AGROPRO EXPO 2023 qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Samarqand mintaqaviy filialining olimlari faol ishtirok etdi.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti Samarqand mintaqaviy filiali direktori Baxrom Fayzullayev qishloq xoʻjaligi oʻsimliklar dunyosini kasallik va zararkunandalardan uygʻunlashgan himoya qilish boʻyicha oʻz maʼruzalari bilan ishtirokchilarga ulashgan boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi Tajiyev Boxodir Saʼdullayevich qishloq xoʻjaligi sohasidagi ustuvor vazifalar, agrar sohaning hozirgi kundagi dolzarbligi haqida maʼruza qildilar.
Shuningdek, IPM elektron dasturining ishlash sxemasi va oʻsimliklar kasalliklari, zararkunanda hasharotlar va ularga qarshi uygʻunlashgan kurashishda flayerlar targʻibotining qanchalik afzalliklari borligi haqida oʻz maʼruzalari bilan koʻrgazmaga tashrif buyurganlarni diqqatini tortdi.