Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Respublika miqyosidagi Ilmiy-amaliy texnik tadbir tashkil qilindi.

Respublika miqyosidagi Ilmiy-amaliy texnik tadbir tashkil qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va Respublika miqyosida o`tkaziladigan ilmiy va amaliy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to`g`risida” gi 490-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida bugun O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida   “Ochiq fan va talabalar kuni” doirasida “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari eksportida o‘simliklar karantini va himoyasining o‘rni” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy amaliy texnik tadbir tashkil etildi. 

TADBIRNING MAQSADI:  
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad olimlar, professor-
o‘qituvchi, tadqiqotchilar, talaba va magistrantlarni, shuningdek qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini yetishtiruvchi va eksport qilayotgan klaster hamda fermer xo‘jaligi 
xodimlariga, O‘simliklar karantini va himoyasida innovatsion texnologiyalari to‘g‘risida 
erkin ma’lumot va fikr almashish, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi innovatsion, fundamental 
va amaliy tadqiqotlar, xalqaro standartlarni joriy qilishning so‘ngi natijalari bilan 
tanishtirish; sohadagi yutuqlar hamda muammolarni tahlil va muhokama qilish, anjuman 
ishtirokchilari o‘rtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan iborat.

TADBIR TASHKILOTCHILARI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. 
2. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi. 
3. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti. 
4. New innovations national education Xalqaro ilmiy jurnali.

TADBIR YO’NALISHLARI:
1-sho‘ba. Xalqaro fitosanitar xavfsizlikning holati, muammolari va yechimlari. 
2-sho‘ba. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda zararli organizmlarga qarshi 
kurashning ilmiy asoslari. 
3-sho‘ba. O‘simliklarni himoya qilishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning 
samaradorligi.

Ilmiy tadqiqot instituti tomonidan “coffee break” hamda tushlik hurmatli ishtrokchilarimiz uchun tashkil qilindi.

Tadbirda O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudirlari, yetakichi ilmiy xodimlar so`zga chiqib ma’ruza qildilar,
xar bir ma’ruzachiga reglament bo`yicha vaqt ajratilgan bo`lib shu vaqt mobaynida tadbir ishtrokchilariga yetarlicha ma’lumotlarni berishga harakat qildilar.

Tadbirda ilmiy tadqiqot institutining barcha xodimlari va mintaqaviy filial xodimlari zoom platformasi orqali to`liq tarkibda qatnashdilar.