Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Qovun pashshasi (Myiopardalis pardalina Bigot) haqida ma`lumot

Qovun pashshasi (Myiopardalis pardalina Bigot) haqida ma`lumot

Qovun pashshasi qovun, tarvuz va boshqa poliz ekinlarining asosiy zararkunandasi hisoblanadi. Urgʼochi pashsha mevaning eti ostiga tuxum qoʼyadi va lichinkalari mevaning ichida oziqlanib, uni chirishga olib keladi. Bu esa hosil yoʼqotish va eksportboplikni pasayishiga sabab boʼladi. Shu boisdan ushbu zararkunandani erta aniqlash va kuzatishda feromon tutqichlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Feromon modda tarkibi Qovun pashshasi uchun maxsus ishlab chiqilgan feromon tarkibidagi taʼsir etuvchi moddalar pashshaning erkaklarini jalb qiladigan hidli birikmalardan iborat. Bunday moddalar yani rezina dispenserlar ishlatiladi va ular havoga tarqalish orqali jinsiy hid chiqaradi. 
Tutqichlarni oʼrnatish usuli Feromon tutqichlar poliz ekinlari maydonlarida har gektarga 2–3 donadan oʼrnatiladi. Ular oʼsimlikdan 20-30 sm balandlikda, maxsus ustunlarga ilib qoʼyiladi. Tutqichlar vegetatsiyaning boshlanishida, yaʼni may oyida, harorat +18–22°C darajaga yetganda joylashtirilishi kerak. Shuningdek, ularni shamoldan himoyalangan va quyosh toʼgʼridan toʼgʼri tushmaydigan joylarga oʼrnatish maqsadga muvofiq.
Monitoring va nazorat yuritish Tutqichlar oʼrnatilgandan soʼng, dastlab har 2–3 kunda, keyinchalik har kuni soat 08:00–09:00 oraligʼida tekshiriladi. Аgar 1 ta tutqichda 2 ta yoki undan ortiq yetuk pashsha kuzatilsa, entomologik hisobotlar tayyorlanadi va kimyoviy yoki biologik kurash choralari koʼriladi. Maʼlumotlar har haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari oʼsimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman boʼlimiga yuboriladi. Iqtisodiy va ekologik samara Feromon tutqichlar zararkunandaning uchish davri, jinsiy faollik va koʼpayish bosqichlarini kuzatish imkonini beradi. 
Bu esa insektitsidlarni faqat kerakli vaqtda va aniq miqdorda ishlatishga yoʼl ochadi. Shu tarzda ortiqcha chiqimlar va ekologik zararlar kamayib, ekologik toza va eksportbop poliz mahsulotlari yetishtirish taʼminlanadi. Feromon dispensorlar (kapsulalarni) saqlash Feromon moddalar samaradorligini saqlash uchun ularni 0...+4°C haroratda muzlatgichda saqlash tavsiya etiladi. Uzoq muddatli saqlash uchun esa –18°C gacha boʼlgan muzlatgich qoʼllaniladi. Germetik qoplamalarda saqlash, namlik va kimyoviy moddalardan uzoqda saqlash tavsiya etiladi.