Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo'ldilar

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo'ldilar

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy kotibi Dilshod Obidjanov hamda Manzarali va o‘rmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish laboratoriyasi mudiri Zafar Nafasovlar Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 4-oktabr 344/4-sonli bayonnomasi asosida o‘simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo'yicha "Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori" ilmiy darajasiga ega bo'ldilar.

Ma'lumot uchun, D.Obidjonov "Kartoshka zararkunandalari bioekologik xususiyatlarining nazariy asoslari va ularga qarshi kurash tizimini ishlab chiqish",  Z.Nafasov esa "Igna bargli daraxtlarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish" mavzularida dissertatsiya yoqladilar