Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Professor bilan talabalar uchrashuvi

Professor bilan talabalar uchrashuvi

Agrotoksikologiya va oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi  qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Xo‘jayev Shomil Tursunovich tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti  talaba yoshlari uchun ochiq dars tashkil etildi.
Sh.T.Xo‘jayev ilmiy -tadqiqot institutining tarixi, olib borilayotgan innovatsion ilmiy-ishlar, loyihalar, oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati haqida talabalarga soʻzlab berdi. Shuningdek, o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish, kirib kelish xavfi bo‘lgan karantin ob’ektlar, o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish tizimi (IPM), ilmiy-tadqiqot ishlari haqida maʼlumotlar berib, talabalar savollariga atroflicha javoblar berib oʻtdi.
Sh. T. Xo‘jayev shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ilmiy muhitning rivojlanishi haqida so‘z yuritdi. U yoshlarga ushbu qulayliklardan samarali foydalanish hamda ilm-fan yo‘nalishida faol bo‘lishga chaqirdi.