Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzPRIM-0124 loyihasi

PRIM-0124 loyihasi doirasida O‘zbekistonning taniqli olimalaridan biri, xalqaro ilmiy doiralarda keng e’tirof etilgan professor Dilfuza Egamberdiyeva O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Professor Dilfuza Egamberdiyeva — hozirda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. Ilmiy faoliyati davomida Scopus va Web of Science bazalarida 200 dan ortiq maqolalari nashr etilgan bo‘lib, H-indeksi 40 dan yuqori. Tadqiqot natijalari Nature, Science, Frontiers in Microbiology kabi nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan. Professor — UNESCO – Carlos J. Finlay Award for Microbiology mukofoti sohibasi, UNESCO – Equatorial Guinea International Prize for Research in the Life Sciences xalqaro hay’ati a’zosi, hamda “Shuhrat” medali sohibasidir. Shuningdek, Stanford University reytingiga ko‘ra, dunyoning eng kuchli 2% olimlari safidan o‘rin olgan.
Ushbu tashrif PRIM-0124 loyihasining quyidagi yo‘nalishlari doirasida tashkil etildi:
- Pillar B: Capacity building
– Task B.4: Organizing seminars for staff on writing and publishing scientific papers
- Pillar D: Knowledge acquiring and sharing
– Task D.3: Publish scientific papers in prestigious international journals
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Jahon bankining PRIM loyihasi doirasida yuqori malakali mutaxassislar tajribasidan foydalangan holda, institut ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlanayotgan tadqiqot qo‘lyozmalarini xalqaro nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha salohiyatni mustahkamlash, aniq strategik yondashuvlarni shakllantirish va ularni amaliyotga joriy etishdan iboratdir.