Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzPRIM-0124 loyihasi

2025-yil 17-aprel kuni O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida PRIM-0124 loyihasi doirasidagi navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Pillar B: Capacity building (Salohiyatni oshirish) yo‘nalishidagi quyidagi topshiriqlar bo‘yicha jarayonlar muhokama qilindi:
1. Task B.1: Training of 10 scientific staff on ISO 9001:2015 Quality Management System (10 nafar ilmiy xodimni ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi bo‘yicha o‘qitish).
2. Task B.2: Training of 5 laboratory staff in international GLP (Good Laboratory Practice) standards (5 nafar laboratoriya xodimini xalqaro GLP standartlari bo‘yicha o‘qitish).
3. Task B.5: Training of 10 scientific staff on ISO/IEC 17025 Testing and calibration laboratories (10 nafar ilmiy xodimni ISO/IEC 17025 laboratoriya sinovlari va kalibrovka standartlari bo‘yicha o‘qitish).
Ushbu topshiriqlar bo‘yicha
https://tenderweek.com/tender-33632,
https://tenderweek.com/tender-33631 va
https://tenderweek.com/tender-33630
havolalari orqali ochiq tender jarayonlari boshlangan bo‘lib, ularning rasmiy e’lon qilinganligi tasdiqlandi. Muhokamada institut xodimlarining bu jarayonlarda faol va muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun mas’uliyatli keyingi qadamlar belgilab olindi.
Shuningdek, Task B.3: Training 15 staff members on modern biotechnology methods (15 nafar xodimni zamonaviy biotexnologik usullar bo‘yicha o‘qitish) topshirig‘i bo‘yicha eng maqbul o‘quv platformasi sifatida “Bionema Group Limited” tomonidan taklif etilayotgan online kurslar muhokama qilindi.
Bionema – Buyuk Britaniyadagi Swansea universitetining Hayotiy fanlar institutiga qarashli ilmiy-amaliy markaz bo‘lib, biologik himoya va ekologik innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi o‘quv va tadqiqot tashkilotlaridan biridir. Ularning rasmiy sahifasida (https://bionema.com/training/digital-training) taqdim etilgan 3 ta zamonaviy kurs ayni sub-loyiha maqsadlariga to‘liq mos keladi:
1. Foydali hasharotlarni ommaviy ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyalari
2. Entomopatogen nematodalarni ommaviy ko‘paytirish va dalada qo‘llash metodikasi
3. Bakteriya va zamburug‘ asosidagi biopestitsidlarni zararkunandalarga qarshi qo‘llash usullari
Ayni vaqtda Bionema vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarda bevosita Dr. Minshad A. Ansari, entomopatogenlar bo‘yicha dunyodagi yetakchi mutaxassislardan biri va kompaniya asoschisi ishtirok etmoqda. U yaratgan ko‘plab biotexnologik yechimlar va patentlar “Syngenta”, “Bayer” kabi yirik kompaniyalar tomonidan moliyalashtirilgan.
Ushbu seminarlar nafaqat institut xodimlarining malakasini oshirish, balki O‘zbekistonda biologik himoya tizimini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.
#ISO17025 #PRIMLoyihasi #IlmiyTadqiqotlar #Innovatsiyalar