Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzPestitsidlarni saqlash haqida ma`lumot.

Pestitsidlarni saqlash shart-sharoitlari.
1. Pestitsidlarni saqlash uchun maxsus ixtisoslashgan quti yoki maxsus moslamalar yasash shart. Ular pestitsidlarni tik holatda saqlash uchun qulay bo‘lishi kerak.
2. Pestitsidlar salqin, yarim qorong‘u va harorat yuqori bo‘lmaydigan sharoitda saqlanishi kerak.
3. "Pestitsidlar ombori" degan yozuv yozilib, xavf to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi kerak.
4. Pestitsid ombori aholi turar joy binolaridan kamida 100 metr uzoqlikda bo‘lishi lozim.
5. Pestitsid ombori chegaralangan va begona shaxslarning kirishi aslo mumkin emas.
6. Pestitsid ombori eshigi qulf – kalitlik bo‘lishi zarur.
Talab etiladigan xavfsizlik choralari.
1.Yong‘in va toshqinning oldini olish bo‘yicha chora-tadbir va moslamalar birligi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
2. Omborxona ichidagi xavoni tepaga tortadigan mo‘ri qu‘rish hamda shamollatish tizimi bo‘lishi lozim.
3. Omborxonada pestitsidni singdirmaydigan sirpanmas, mustahkam pollar bo‘lishi lozim.
4. Omborxonada qum, ohak va boshqa maxsus zararsizlantirish vositalari bo‘lishi kerak.
5. Suyuqliklarni chiqindi suv omboriga oqizadigan pol drenaj tizimi.
6. Pestitsidlarni turiga qarab ajratib saqlash.
7. Yaxshi yoritish tizimi.
8. Omborning ichki va tashqarisida xavf to‘g‘risidagi ogohlantiruv belgilar bo‘lishi lozim.