Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uz“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o’tkazildi.

Intellektual bellashuvda 5 ta jamoa ishtirok etdi:
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparati jamoasi
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi
Toshkent shahar O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi
Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi.
Qizg‘in va shiddat bilan o‘tgan o‘yinda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi teng ball to’plab, yakuniy bosqichda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.
Yakuniy bosqich natijalariga ko’ra Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi 2-o’ringa loyiq topildi.
3 -o‘rin esa O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparati jamoasiga nasib etdi.
G‘olib jamoalar va ishtirokchilar Agentlik Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.