Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda.

O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda...
🇸🇱🌿“Manzarali va o‘rmon daraxtlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan qish mavsumida laboratoriyada kichik tajribalar, kuzatuvlar olib borilmoqda. Laboratoriyada parvarishlanayotgan manzarali daraxt va butalardagi zararli organizmlarga qarshi kurashishning istiqbolli va ekologik kamzararli usullarini ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.
Toshkent viloyatida joylashgan o‘rmon xo‘jaliklari ko‘chatxonalaridan olib kelingan tana zararkunandalari bilan zararlangan igna bargli daraxtlardan olingan namunalardagi zararkunandalar tahlil qilinmoqda. Ushbu zararlangan namunalar laboratoriyadagi kichik hajmli insektariyda saqlanib bioekologik xususiyatlari, hasharotlarning bir yilda, nechta avlod berishi, oziqlanishi, ko‘payishi, rivojlanishi doimiy ravishda kuzatib borilmoqda.