Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda.

O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda...
🇸🇱🌿 “Bog‘, tok va sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasida bir qator tajribalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan: 2024-yil mobaynida Respublikamizning turli hududlaridagi bog‘ va tokzorlardan yig‘ib kelingan zararlangan ekinlar namunalaridan tayyorlangan kolleksiyalar qayta yangilanmoqda.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi patogenlar laboratoriya sharoitida ajratib olinib, bioekologik hususiyatlari va qarshi kurash choralari bo‘yicha sinov tajribalari olib borilmoqda.
Zararli organizmlarning molekulyar identifikatsiyalash bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Laboratoriya xodimlari tomonidan doimiy ravishda sitrus ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurash choralari tadbirlari bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.