Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda.

“Don va don-dukkakli ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashish” laboratoriyasi xodimlari ayni qizg`in ish pallasida
laboratoriya xodimlari tomonidan mavsum davomida kasallangan o‘simliklar bilan zararkunandalardan namunalar olib kelingan. Hozirda laboratoriya mudiri Q.Bababekov boshchiligida, kasallangan (bug‘doy, arpa, mosh, loviya, no‘xat) o‘simliklardan ajratilgan patogen zamburug‘ va bakteriyalarning turlar tarkibini mikroskop yordamida morfologik aniqlab va yangi ozuqa muhitlarga ekib, kolleksiyani yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Ekin dalalaridan yig‘ib kelingan zararkunanda hasharotlardan laboratoriya sharoitida kolleksiya yaratish ishlari olib borilmoqda.
Tadqiqotlar davom etadi…