Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzO`simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotlar davom etmoqda.

“Zararkunanda va kasalliklardan biologik himoya qilish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan ayni damda mikrobiologik, nematologik hamda entomologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, laboratoriyadagi mikrobiologik kolleksiya ko‘zdan kechirilib, eskirganlari yangidan toza kulturalarga ekilmoqda.
Qozog‘iston Respublikasidan introduksiya qilish, laboratoriyada ko’paytirish maqsadida olib kelingan Podisus maculiventris—xammaxo’r qandalasini va Hindiston davlatidan keltirilgan Rhynocoris morginatus, Macrolophus hasharotlarining bioekologik xususiyatlari hamda laboratoriya sharoitida ko’paytirish usullari bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, ularning yangi avlodi olinmoqda.
Tadqiqotlar davom etmoqda.